Bundan 8 yil muqaddam özbekistonliklarni olib Rossiyaga ketayotgan avtobus Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgandi. Bu dahşatli fojia köpçilikning yodidan çiqmagan bölsa kerak. Ammo, keyingi davrda ham aynan şu hududda YTHlar bilan boğliq halokatlar yuz berişdan töxtagani yöq. Bunday qayğuli holatlar ortida qanday sabab va omillar bor?
Bundan 8 yil muqaddam – 2018 yilning 18 yanvar kuni özbekistonliklarni olib Rossiyaga ketayotgan avtobus Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgandi. Fojia oqibatida avtobus salonida bölgan 57 kişidan 52 nafari halok böldi. Bu dahşatli voqea köpçilikning yodidan çiqmagan bölsa kerak. Ammo, keyingi davrda ham aynan şu hududda YTHlar bilan boğliq halokatlar yuz berişdan töxtagani yöq.
Birgina dekabr oyining özida dastlab «Moskva – Toşkent» yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan avtobus avariyaga uçradi. Unda Özbekistonning 54 nafar fuqarosi bölgan.
Oradan bir hafta ötar-ötmay, boşqa bir avtobusning ariqqa ağdarilib ketişi oqibatida yölovçilardan 5 nafari, xususan, 2 nafar özbekistonlik halok böldi.
2024 yilning aprel oyida 8 kişining ölimiga sabab bölgan YTH ham aynan Aqtöbe oblastida röy bergandi.
Umuman olganda, bu hududda özbekistonlik yölovçilar qatnaşgan halokatlar muntazam takrorlanib kelyapti. Bunday qayğuli holatlar ortida qanday sabab va omillar bor? Quyida ana şu savollarga javob izlaşga harakat qilamiz.
Aqtöbe yöllari nega xavfli?
Birinçidan, Aqtöbe viloyati hududidan Markaziy Osiyo va Rossiyani boğlovçi asosiy avtomobil magistrallari ötadi. Xususan, Samara – Çimkent xalqaro yöli Rossiyaning Yevropa qismidan Qozoğiston orqali Özbekistonga eng töğri yöl hisoblanadi. Özbekistonlik mehnat muhojirlari va yölovçilarning katta qismi Rossiya şaharlariga aynan şu yönalişda, Qozoğiston hududi orqali avtobus, mikroavtobus yoki yengil maşinalarda qatnaydi.









