Qarz oldi-berdi muomalasi: nima qilsa ehtimoliy oğir vaziyatlarning oldi olinadi?
|00:31 / 07.01.201741 74122 min
Qarz oldi-berdisi jamiyat a'zolari örtasidagi özaro munosabatlardan biridir. Inson hayotining barça jabhalaridagi kabi, dinimizda bu borada barça yöl-yöriqlar ham mukammal va çiroyli bayon qilib berilgan. Alloh taolo Özining Kalomi – Qur'oni karimdagi eng uzun oyati karimani aynan şu masalaga atab nozil qilgan. Zamonamiz ulamolaridan maşhur mufassir Vahba Zuhayliy özining «Tafsirul Munir» asarida bu haqda şunday deydi:
«Qur'oni karimdagi eng uzun oyatning qarz oldi-berdisiga bağişlanişi, moliyaviy hukmning bayon qilinişi Allohning nazdida mol-dunyoning tahqir qilinişini emas, balki uning hurmati naqadar balandligini körsatadi».
Darhaqiqat, şunday. Alloh taolo xohlagan bandasiga behisob rizq bersa, xohlagan bandasini yetişmovçilik bilan, moliyaviy muammolar bilan sinaydi. Şuning uçun kişilik jamiyatini qarz oldi-berdisiz tasavvur qiliş mumkin emas. Quş tirikçilik qilişi uçun qanot qoqişga majbur bölganidek, rizq topiş, mol-dunyoni qölga kiritişi uçun insondan ham ma'lum bir sa'y-harakatlar talab etiladi. Ularning maşru' yöllarini belgilab beriş esa dinning vazifasidir. Alloh taolo Qur'oni karimda mol-dunyo topiş, tirikçilik qiliş uçun harakat qiliş lozimligi haqida köpgina oyatlar nozil qilgan:
«Naba'» «Va kunduzni tirikçilik qilib qöydik» (Naba' surasi, 11-oyat).
««Jumu'a» «»Namoz tugaganidan söng yer yuzi böylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling hamda Allohni köp zikr qiling. Şoyadki, zafar topsangiz» (Jum'a surasi, 10-oyat).
Ba'zilar dinda mol-dunyo, boylik qoralangan deb öylaşadi. Ammo bu dinimizning mohiyatini, ilohiy hikmatlarini notöğri tuşuniş oqibatidir. Islomda mol-dunyoning özi emas, balki unga öç böliş, ruju' qöyiş va natijada Alloh kafolatlab qöygan rizqni deb toat-ibodatdan çalğiş, gunohga botiş qoralangan. Agar dinimizda mol-dunyo qoralagan bölsa, şariatimizda sadaqa, xayr-ehson, zakot, haj kabi moliyaviy ibodatlar joriy qilinmagan bölur edi. Biz örganayotgan oyati karima ana şunday moliyaviy ibodatlardan biri qarz haqidagi mavzuga bağişlangan.
«Qarz» sözi arab tilida «uzib oliş», degan ma'noni bildiradi. Masalan, kesiş, uziş uçun işlatiladigan qayçi arab tilida «miqroz» deyiladi. Qarz beruvçi özining molidan bir qismini uzib, kesib, qarzdorga bergani uçun ham ma'lum muddatga pul yoki moddiy qiymat berib turiş mana şu söz bilan ataladigan bölib ketgan. Ammo zimmaga olingan qarz majburiyati, birovga tegişli bölgan haq arab tilida «dayn» deb ataladi. Şuning uçun Baqara surasining 282-oyati «oyati mudoyana», ya'ni «qarz oldi-berdisi oyati» deb ataladi:
Baqara «Ey iymon keltirganlar! Ma'lum muddatga qarz oldi-berdi qilsangiz, uni yozib qöyinglar. Orangizda bir kotib uni adolat bilan yozsin. Heç bir kotib Alloh bildirganidek qilib yozişdan boş tortmasin. U yozsin, haq zimmasiga tuşgan kişi esa aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan heç narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tuşgan kişi esipast, zaif yoki aytib tura olmaydigan bölsa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kişini guvoh qiling. Agar ikki er kişi bölmasa, özingiz rozi böladigan guvohlardan bir er kişi va ikki ayol kişi bölsin, ikkovidan (ayollardan) biri adaşsa, biri boşqasining esiga soladi. Çaqirilgan vaqtda guvohlar boş tortmasinlar. Kiçik bölsa ham, katta bölsa ham, muddatigaça yozişingizni malol olmang. Mana şu Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuçliroq va şubhalanmasligingiz uçun yaqinroqdir. Ammo oralaringizda yurib turgan naqd savdo bölsa, yozmasangiz ham sizga gunoh yöq. Oldi-sotdi qilganingizda guvoh keltiring, kotib ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qilinglar, Alloh sizga ilm berur. Alloh har bir narsani biluvçi Zotdir»
.
Qur'oniy uslubga köra, ğoyatda muhim qonun-qoidalarni bayon qilişdan oldin bu ilohiy körsatmalar kimlar uçun möljallanganligi aytilmoqda:
«Ey iymon keltirganlar!».
«Ma'lum muddatga qarz oldi-berdi qilsangiz, uni yozib qöyinglar».
Ma'lumki, bugungi kunda moliyaviy muomalalarga oid barça muhim işlar notarial idoralar tomonidan guvohlar huzurida yozib, rasmiylaştirilsagina qonuniy kuçga ega böladi. Şunday qilinsa, heç kim norozi bölmaydi, heç kimning haqiga tajovuz qilinmaydi. Qur'oni karim esa bundan ön beş asr oldin bu qoidani gözal va mukammal tarzda, heç bir töldirişga örin qoldirmay bayon qilib bergan.
«Orangizda bir kotib uni adolat bilan yozsin».
Demak, qarz haqidagi tilxatni qarz berayotgan odam ham, olayotgan odam ham yozmaydi. Buni betaraf, xolis odam – kotib yozsin. Taomil şunday.
«Heç bir kotib Alloh bildirganidek qilib yozişdan boş tortmasin».
Afsuski, uşbu ilohiy qonundan uzoqlaşilgani bois, bugungi kunda qarzni vaqtida ado etmaslik biz uçun odatiy hol bölib qolgan. Qayerga qaramang, juda köplab nizolar, uruş-janjallar, qarindoş-uruğ, döst-yorlar orasining buzilişi, hatto oğir jinoyatlar qarz muammolaridan kelib çiqmoqda. Aql bovar qilmas darajadagi katta qarzlar bir neça yillardan beri tölanmagan. Kimdir qarz bergan, kimdir olgan, ammo quruq sözga işonib, yalinib-yolvorganiga rahmi kelib, na guvoh çaqirilmagan, na kimdir biron narsa yozgan. Endi esa omonatga xiyonat yuzaga keladi – qarz beruvçi talab qiladi, oluvçi bermaydi. Mabodo kimdir örtaga tuşgan bölsa, qarzini qaytarib ololmagan odam jon aççiğida uning öziga yopişyapti, yaxşilik qilaman, degan odam baloga qolib ketyapti. Şuning uçun köpinça odamlar bunday ğalvali masalaga aralaşişdan, örtaga tuşişdan özlarini olib qoçadilar. Ammo Alloh taoloning Özi bunga çaqiryapti. Bir kişi guvohlikka çaqirilsa, Alloh bildirganidek yozişdan boş tortmasin, çunki bu savob iş, Alloh buyurgan iş.
«U yozsin, haq zimmasiga tuşgan kişi esa aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan heç narsani kamaytirmasin»
Qarz beruvçi emas, balki haq zimmasiga tuşgan kişi, ya'ni qarz olayotgan odam «Men, Falonçi, Falonçidan falon miqdordagi pulni falon muddatga falon şartlar bilan Falonçining guvohligida olyapman», deb aytib tursin. Aytib turgan odam Allohga taqvo qilsin, biron narsani kamaytirmasin, yaşirmasin, qarz oluvçini, guvohlarni aldamasin.
Qur'onning mö'jizaligi, dinimizning adolati şundaki, aytib turiş qarz beruvçiga emas, oluvçiga yuklanyapti. Bu ayni adolatdir, çunki yoziş qarz beruvçiga yuklansa, u öz foydasini közlaşi, şartnomaga öziga manfaatli biror özgariş kiritişi mumkin. Qarz oluvçi esa muşkul ahvolda turibdi. U qarz beruvçidan pulni tezroq olib, işimni hal qilay, degan maqsadda yolğon aralaştirmasdan, töğrisini aytadi. Qarz beruvçining talabiga rozi bölgan odam yolğon gapirişi, öz foydasini közlaşi mumkin emas. Şuning uçun Alloh taolo aytib turişni uning zimmasiga yuklamoqda.
Ammo şu örinda bir narsani yaxşi bilib olaylik. Qarz hammaga ham berilavermaydi. Olgan qarzini uzişga közi yetmasa, avval ham birovlardan qarz olib, uza olmagan yoki uzişni keçiktirib yurgan mas'uliyatsiz, subutsiz odam bölsa, bunday odamga qarz berilmaydi. Vaholanki, qarz berayotgan odam özining foydasini közlamaydi, balki muşkul ahvolga tuşgan odamni bu holatdan çiqarişga, qiynalgan odamga kömak berişga harakat qiladi.
Qur'oni Karimning yana bir yuksak adolati şuki, «Agar haq zimmasiga tuşgan kişi esipast, zaif yoki aytib tura olmaydigan bölsa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin».
Qarz olayotgan odam hisob-kitob işlarini, narx-navoni yaxşi tuşunmasa yoki zaif, ya'ni yoşi kiçik, keksayib qolgan, oğir kasal bölsa yoki gapira olmasa yoxud boşqa jiddiy, uzrli nuqsonlar tufayli aytib tura olmasa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin. Valiylar boşqa işlarda ham öz qaramoğidagilarning mas'uliyatini zimmaga oladilar.
«Erkaklaringizdan ikki kişini guvoh qiling».
Tabiiyki, guvohlikka adolatli, guvohligi qabul qilinadigan, insof-diyonatli kişilar çaqiriladi.
«Agar ikki er kişi bölmasa, özingiz rozi böladigan guvohlardan bir er kişi va ikki ayol kişi bölsin, ikkovidan (ayollardan) biri adaşsa, biri boşqasining esiga soladi».
Dinimizda bir erkakning guvohligiga ikkita ayolning guvohligi teng qilinadi. Şuning uçun bu kabi örinlarda ikkita erkak guvoh topilmasa, bir erkak va ikkita ayolning guvohligi joiz deyilgan.
Mana şu jumla dinimiz duşmanlarining «Islom ayol kişini töliq odam örnida körmaydi, şuning uçun guvohlikka bir erkakka ikki ayolni tenglaştiradi», degan da'volariga sabab bölgan. Vaholanki, dinimizda ba'zan mingta erkakning guvohligi ötmasa-da, birgina ayolning guvohligi ötadigan örinlar ham bor. Emiziş, tuğiş va idda masalasida birorta erkakning guvohligi ötmaydi. Bir bevaning iddasi haqida bir tomonda mingta erkak, bir tomonda esa bitta ayol guvohlik bersa, mana şu ayolning guvohligi olinadi. Dinimiz duşmanlari esa buni eşitgan bölsalar ham, özlarini eşitmaganga solişadi.
Aslida guvohlikka ikki ayol şart qilinişida bir olam hikmatlar bor. Avvalo, dinimizda ayollar nihoyatda ehtirom qilinadi, ularni faqat özlariga mos, munosib işlar taklif qilinadi. Ayol onadir, latif, nazokatli, zaif bir xilqatdir. Qolaversa, Islomda iqtisodiy ta'minot ham, moliyaviy oldi-berdilar ham faqat erkaklarning zimmasiga yuklatilgan. Islom dini ayol kişi bu taşvişlardan mutlaqo ozod bölsin, moddiy muammolarni erkak hal qilsin, deydi. Şuningdek, ayol kişi nomahram erkaklar bilan xoli qoldirilmaydi, şuning uçun yuqoridagi kabi zarurat yuzasidan, qonun taqozosi bilan guvohlik qilişi kerak bölib qolsa, heç bölmasa bir dugonasi bilan boradi. Qolaversa, ayolning nozik köngli qarz oldi-berdisida yuzaga kelişi mumkin bölgan tortişuvlarda, janjallarda teskari natija berib qöyişi, hayajonlanib, ayolligiga borib, ba'zi narsalarni unutib qöyişi ham mumkin, şunda bir-biriga eslatib, dalda bölib turiş uçun ham guvohlikka ikkita ayol kişi olinadi. Şuning uçun oyatda «ikki er kişi bölmasa», deb şart qöyilmoqda.
«Çaqirilgan vaqtda guvohlar boş tortmasinlar».
Qarz masalasi nihoyatda serğalva iş bölib qolgani uçun köpinça örtaga tuşişdan qörqamiz, ayniqsa, pul oldi-berdisida guvoh bölişni istamaymiz. Guvohlikka çaqirişsa, bahona topib, özimizni olib qoçişga urinamiz. Lekin Alloh taolo bunday qiliş durust emasligini, guvohlikka çaqirilganda boş tortmaslik lozimligini ta'kidlamoqda. Kelib, guvohlikka ötsinlar. Imom Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda Payğambar alayhissolatu vassalom: «Sizlarga eng yaxşi guvoh kimligini aytib beraymi? Guvohligi söralmay turib guvohlik beradiganlardir», deganlar. Yana bir hadisda «Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi», deganlar.
«Kiçik bölsa ham, katta bölsa ham, muddatigaça yozişingizni malol olmang».
«Şu arzimagan pulni ham yozamizmi», deb bepisandlik qiliş, «Keyin yozib qöyarman», deb mas'uliyatsizlik qiliş, biror yaqinimiz, döstimiz, tanişimiz qarz sörab kelsa, «Şuni yozib qöyaylik» desa, xijolat bölib yozmaslik mumkin emas ekan. Alloh taolo «yozişni malol olmang», deyapti. «Katta»dan oldin «kiçik»ni zikr qilyapti. Nima uçun? Alloh taolo inson tabiatini yaxşi biladi: ozgina narsani yozib ötiramanmi, deb erinişi yoki bu narsa unga eriş tuyulişi mumkin. Lekin mana şu ozgina narsa sababli ertaga eng yaqin döstlar duşmanga aylanib qolişi, yaqinlar yuzkörmas bölib ketişi ehtimoldan xoli emas. Bugungi kunimiz bunga yorqin misol. Ana şu narsalarning oldini oliş uçun Alloh taolo qarz oldi-berdisining miqdorini ham, muddatini ham erinmay yozib qöyişga buyuryapti.
«Mana şu Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuçliroq va şubhalanmasligingiz uçun yaqinroqdir».
Oğzaki guvohlikdan köra yozma guvohlik kuçliroq böladi, örtaga nizo tuşmaydi. Islom – tinçlik dinidir, orani isloh qiliş, mehr-oqibat körsatiş dinidir. Islom har bir narsada tiçlik yölini közlaydi, jumladan, qarz oldi-berdi munosabatlarida ham. Aka-uka arzimas pulni deb, ertaga yuzkörmas bölib ketmasin, xiyonat bölib, döstlar orasiga adovat tuşmasin, degan maqsadda dinimiz hammaga bab-barobar yozişni buyuryapti. Şunday qilsak, şubhadan yiroq bölamiz. Qalbda paydo bölgan har qanday şubha bora-bora adovatga aylanişi, işonçsizlik keltirib çiqarişi mumkin. Buning oqibatida odamlar qarz bermay qöyadi, eng yaqin kişisi qarz sörab kelsa ham, osongina «Yöq» deb qaytarib yuboradigan, yoki «Kel, oğayni, örtamizga pul aralaşmasin», deydigan bölib qoladi. U ham öziça haq. Sababi – u qörqib qolgan, jamiyatda bunday narsa köpayib ketganidan odamlar örtasida işonç, subut yöqolgan.
Ammo sodiq, işonçli odamlar, tijoriy hamkorlar örtasidagi kundalik oldi-berdilar-çi? Ular ham tiyin-tiyinigaça yozib borilsa, maşaqqat bölib qolmaydimi? Bu örinli savolga keyingi oyat javob beradi.
Qarz oldi-berdisi muddatli bölsa, yoziş kerak. Ammo tijoratdagi, savdodagi hamkoringiz bilan böladigan har kungi oldi-berdilarni yozmaslikda gunoh yöq ekan. Çunki ertalabdan keçgaça hammasini yozib boriş sizni maşaqqatga solib qöyadi.
«Oldi-sotdi qilganingizda guvoh keltiring, kotib ham, guvoh ham zarar tortmasin».
Uşbu oyat guvohni ham, kotibni ham himoya qilyapti. Sizning savdo-sotiq yoki qarz oldi-berdingizdan guvoh ham, kotib ham zarar körmasin. Savob uçun yordamga kelganlar sizning kasringizga qolib ketmasin. Ularni aybdor qilib, zarar yetkazib qöymang.
«Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qilinglar, Alloh sizga ilm berur. Alloh har bir narsani biluvçi Zotdir».
Qur'oni karimdagi eng uzun suraning uşbu eng uzun oyatidan söng qarz oldi-berdisi haqida hukmlar bayon qilingan yana bir kiçik oyat keladi:
«Baqara Agar safarda bölsangiz va kotib topa olmasangiz, qölga olinadigan biror garov bölsin. Bir-biringizga işonsangiz, işonilgan omonatni ado qilsin, Robbi Allohga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmanglar! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Alloh qilayotgan amallaringizni biluvçi Zotdir» (Baqara surasi, 283-oyat).
Alloh taolo Özining çeksiz ilmi, benihoya hikmati bilan inson zoti duç kelişi mumkin bölgan har qanday vaziyatni oldindan körib, bilib, tegişli hukmlarni bayon qilib qöygan. Aytaylik, bir kişi safarda qarzga muhtoj bölib qoldi. Notaniş odamdan qarz olişga majbur. U bilan şartnoma tuziş uçun na kotib, na guvoh bor. Bunday holatning yeçimi – olayotgan qarzingiz evaziga muayyan qiymatga ega bölgan bir narsani garovga berib qöyiş ekan. Uşbu garov evaziga kotib bölmasa ham, guvoh bölmasa ham, qarz beruvçi sizga işonib, qarz beradi. Ikki taraf ham bir-biriga işonib, omonat qöyadi. Endi bu omonatni ado qiliş uçun ikkovi ham Allohga – Robblariga taqvo qilişi kerak. Şuning uçun bu oyatda ham nafaqat moddiy masalalarda, balki har bir işda asos bölişi lozim bölgan taqvo yana bir bor eslatilmoqda.
Taqvo bölsa, omonat ado etiladi. Omonat ado etilsa, odamlarda özaro işonç, hurmat mustahkamlanadi, munosabatlar yaxşilanadi. Töğrilik, halollik bor joyda esa xayr-barakot böladi, tinçlik-totuvlik böladi.
Bir muşkulini hal qiliş uçun qarz olgan, söngra oğir kunida yordam bergan birodarining omonatiga xiyonat qilmay, uni öz vaqtida uzişga niyat qilgan kişiga Alloh taoloning Özi madadkor bölar ekan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam şunday dedilar: «Kim odamlarning molini (qarzga) olib, uni ado etişni iroda qilsa, uni Alloh (Öz yordami ila) ado etadi. (Birovning molini) yöq qilişni niyat qilib olgan odamni Alloh yöq qiladi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Demak, qarz olmoqçi bölgan odam, avvalo, niyatini töğrilaşi lozim ekan. Agar u «Allohim, şu birodarimdan qarz olyapman, uni qaytarişga Özing yordam ber» desa, Alloh taolo qarzni qaytarişga, albatta, yordam beradi. Lekin «Boyga balo urarmidi, topganda beraman-da» deb olsa, Alloh taolo uning özini yöq qiladi.
Hayotda bunday holatga köp marta guvoh bölganmiz. Odamlarni aldab, işonçiga kirib, nayrang yöli bilan pul olişni kasb qilganlarning balo-ofatlarga yöliqib, yöq bölib ketayotgani mazkur hadisi şarifning isbotidir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boşqa bir hadisi şarifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Boyning (zimmasidagi haqni) bermay yurişi zulmdir», deganlar.
Buxoriy rivoyat qilgan.
Imkoniyati bor odamning zimmasidagi qarzni bermay yurişi zulmdir. Bunday odam öziga ham, qarz beruvçiga ham zulm qiladi. Haqdor pulini öz vaqtida ololmay, zulmga uçraydi. Özi esa bu işi bilan gunohga botib, öziga zulm qiladi. Bundaylarning adabini berib qöyiş, qolganlarni ularning kirdikoridan ogohlantirib qöyiş kerak:
Imom Buxoriy, Ahmad va Nasaiylar qilgan rivoyatda «Topganning böyin tovlaşi uning obrösini tökişni va uqubatini halol qiladi», deyilgan.
Aslida dinimiz ta'limotida birovning şa'nini yerga uriş, haqorat qiliş, obrösini tökiş, azob beriş, kaltaklaş harom. Ammo qarzdor odam imkon topganidan keyin ham qarzini bermay yursa, uning obrösini tökiş, unga nisbatan çora köriş halol böladi. Bu dinimizda öz örnida bayon qilingan hukmdir. Davlatimizning qonunçiligida esa bunday jinoyatlarga nisbatan tegişli jazolar belgilab qöyilgan.
Ammo qarz olgan odam noçor ahvolga tuşib qolgan bölsa, qaşşoq, kambağal bölsa, qarzini qaytarişga mutlaqo imkoni bölmasa, nima qiliş kerak? Bu holatda qanday yöl tutiş kerakligini ham Alloh taoloning Özi örgatadi:
Agar qarzdor noçor bölsa, Alloh taolo qarz beruvçini sabr qilişga, qarzdorni qiyin-qistovga olmaslikka, u özini önglab olguniça kutib turişga çaqiradi. Agar qaytarişning aslo iloji bölmasa, qarzdorning kambağalligi kundan-kunga oşib ketayotgan bölsa, berilgan qarzdan keçib yuboriş afzal ekan. Bu haqda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham köplab irşodlar bor. Qarzning muddatini uzaytiriş oliy fazilat bölsa, uni keçib yuboriş undan ham kattaroq fazldir.
Körib ötganimizdek, qarz masalasi ğoyatda muhim va mas'uliyatli işdir. Şuning uçun ham unga oid hukmlarga rioya qilmaslik oğir oqibatlarga olib kelganidek, uni şaraf bilan ado etgan kişi köpdan-köp ajru savoblarga ega böladi.
Abdulloh ibn Abu Robiy'a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam mendan qirq ming qarz oldilar. Keyin u zotga mol kelganida uni menga qaytarib berib, «Alloh molingga va ahlingga baraka bersin. Qarzning mukofoti maqtov va ado etişdir», dedilar».
Nasaiy rivoyat qilgan.
Payğambar sollallohu alayhi vasallamning «Qarzning mukofoti maqtov va ado etişdir» deyişlarida ajib falsafiy ma'no bor. Bunday holda qarz beruvçiga birdan-bir mukofot uning molini öz vaqtida qaytarib beriş-u, qarzdor tomonidan uning şa'niga aytiladigan maqtov gaplar böladi, xolos.
Bugungi kunda birovdan qarz olayotganlar ham, qarz berayotganlar ham mana şu qoidalarni yaxşi tuşunib, amal qilişsa edi, dinimizning katta bir hukmi ado etilgan va köplab jinoyatlarning oldi olingan bölardi.
Tafsir kitoblari asosida Yunusobod tumani boş imom-xatibi,