Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Boysun tumanida sel keldi. Omonxona mahallasida kuzatilgan hodisada sel suvi masjid hovlisiga oqib kirgan bo‘lsa, Munchoq qishlog‘ida ichki yo‘lni yuvib ketgan.
Boysun tumanida sel va suv toshqinlari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9 aprel kuni soat 21:50 da tumanning Inkobod va Omonxona mahallasi hududida sel kelgan. Suv sarfi taxminan 10-15 metr kubga yetgan. Yog‘ingarchilik miqdori 0,5 mm bo‘lgan.
Suv o‘tkazgichlarga xas-xashaklar tiqilishi oqibatida toshib chiqqan sel suvlari ichki yo‘llarga hamda “Omonxona” masjidi hovlisiga oqib kirgan. Shuningdek “Darband-Boysun-Elbayon” 4R-105 avtomobil yo‘li qirg‘oqlariga toshib chiqqan.
Tumanning Munchoq qishlog‘ida kuzatilgan sel hodisasida esa suv sarfi taxminan 80-90 metr kubni tashkil qilgan. Sel chaqmoq va jala ko‘rinishidagi yomg‘irdan so‘ng kelgan. Suv toshishi oqibatida qishloq ichki yo‘llarida yo‘lning yuvilib ketishi kuzatilgan. Yomg‘ir suvlari qishloqdagi 1 ta xonadon tomorqasiga kirgan.
O‘zgidromet 8–9 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab 8 ta viloyatda sel xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
09:41 / 01.06.2026
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
11:44 / 22.05.2026