Sport | 22:50 / 21.01.2018
14417
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ronaldu Beyl gol urgan vaqtda, o‘ziga penalti berilishini so‘radi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Deportivo»ga qarshi o‘yinda jamoadoshi Garet Beyl gol urgan vaqtda uning goli bekor qilinib, galisiyaliklar darvozasi tomon penalti belgilanishini istadi.

Marseloning raqib jarima maydoniga uzatmasidan keyin to‘p uchun kurash vaqtida portugaliyalik futbolchi yiqildi va arbitrdan vaziyatga e'tibor qaratishini so‘ray boshladi. Ammo o‘yin to‘xtatilmadi va to‘pga ega chiqqan Beyl aniq zarba berib, darvozaning yuqori burchagiga to‘pni yo‘lladi.

To‘p «Deportivo» darvozasiga kirib, Beyl golni nishonlay boshlaganida ham Ronaldu referidan penalti talab qilishda davom etayotgandi.

«Real» – «Deportivo» uchrashuvini David Fernandes Borbalan boshqardi. 

Mavzuga oid