Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi «Xavfsiz xonadon» va «Xavfsiz hovli» tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bevosita joylarga chiqqan holda profilaktika inspektorlari tomonidan har bir oila va xonadondagi muhitni, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy, infratuzilma va boshqa muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yil 1 sentyabrgacha profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yurituvi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi va profilaktika inspektorlarining sud majlislarida “masofaviy” tarzda qatnashish amaliyoti joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 iyuldan Toshkentda “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi joriy etilgan.
“Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi soat 16:00dan 8:00ga qadar vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kun-u tun uch smenali patrul rejimini tashkil etishni ko‘zda tutgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 08.04.2026
Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etiladi
10:49 / 04.03.2026
Toshkentda YHXX yig‘ilishi: “shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi
18:09 / 09.09.2025
Sovuq qurolni noqonuniy olib yurganlik uchun jazo kuchaytiriladi
11:17 / 18.06.2025