Mazkur yönalişda Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasida Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği, general-mayor Rustam Jörayev raisligida yiğiliş ötkazildi. Unda Toşkent şahar IIV JXD YHXX hamda poytaxt IIBB YHXB rahbariyati, YPX brigada va batalon qömondonlari, sohaviy bölinmalar boşliqlari iştirok etdi.

Yiğilişda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube videoxostingida yöl harakati qoidalarini buzişni tarğib qiluvçi videomateriallar tarqatilayotgani ta’kidlandi. Xususan, xavfli haydovçilik, noqonuniy köça poygalari, drift va “şaşka” kabi harakatlar aks etgan videolar qayd etildi.

Bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida internet tarmoğini doimiy monitoring qiliş, bunday videolarni joylaştirayotgan şaxslarni aniqlaş, ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar köriş, şuningdek qöpol qoidabuzarliklarni “piar” qilib namoyiş etgan akkauntlarni bloklaş belgilandi.

Şuningdek, departament rahbari avariyalar sonini kamaytiriş, oğir oqibatli yöl-transport hodisalarining oldini oliş, statsionar va mobil postlar faoliyati samaradorligini oşiriş hamda blogerlar va qöpol qoidabuzar haydovçilar bilan profilaktik işlarni faollaştiriş böyiça aniq vazifalarni belgilab berdi. Tungi reyd tadbirlarini kuçaytiriş, yöl bezoriligi uçun jazoning muqarrarligini ta’minlaş, xizmat intizomini mustahkamlaş va xodimlarning şaxsiy mas’uliyatini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilişi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil 26 fevral kuni boşlangan operativ-profilaktik reyd tadbirlari doirasida 3 mart kuniga qadar internet platformalari örganilib, yöl bezoriligi aks etgan 107 ta videolavha aniqlangan. Ular asosida 66 nafar haydovçiga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilgan, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan.

Şuningdek, YPX va PPX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik va psixotrop moddalarni noqonuniy saqlaş bilan boğliq 23 ta holat, ötkir jismlarni olib yurişga doir 262 ta holat aniqlangani bildirildi.

Reydlar davomida jami 5 919 ta qöpol qoidabuzarlik qayd etilgan. Asosiy qoidabuzarlik turlari orasida: poyga — 4 ta, böysunmaslik — 70 ta, tonirovka — 116 ta, noqonuniy sirena va mayoqçalar — 61 ta, davlat raqamisiz boşqariş — 34 ta. Huquqbuzarlar orasida 54 nafar voyaga yetmagan şaxs ham aniqlangan.