Qayd qilinişiça, sönggi yillarda sovuq qurolni noqonuniy ravişda jamoat joylarida olib yuriş holatlari keskin köpayib, bu holat jamoat xavfsizligi, fuqarolarning tinç hayoti va huquqiy tartibotga jiddiy tahdid solmoqda.
Qonun loyihasida bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etgan şaxslarga nisbatan javobgarlik çoralari qat’iylaştirilmoqda. Şuningdek, oilaviy tazyiq va zöravonlik jinoyatini sodir etgan şaxslarga qurol oliş huquqini bermaslik hamda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etgan şaxslarda mavjud qurollarni içki işlar organlari tomonidan vaqtinça olib qöyiş tartibini joriy etiş belgilanyapti.
Taklif etilayotgan yana bir muhim özgariş narkologik kasallikka çalingan şaxslarni davolaş tartibi bilan boğliq bölib, qonun loyihasida bir marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan şaxs ham sud qarori bilan davolaşga yuborilişi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi kelgusida huquqbuzarliklarning oldini oliş, mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, fuqarolarning hayoti va soğligini yanada samarali himoya qilişga qaratilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.








