Jahon | 10:06 / 18.01.2017
5016
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada avtobus ishtirokida ro‘y bergan YTH oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Foto: eldia.com

Boliviya janubidagi Tarixa departamentida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. El Dia gazetasining xabar berishicha, seshanba, 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 27 inson jarohatlandi.

Fojia qurbonlari orasida ikki nafar yosh bola ham borligi aytilmoqda. Jarohatlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga yetkazildi.

Politsiya YTH yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, Kochabamba shahriga yo‘l olayotgan avtobus to‘xtash tizimidagi nosozlik sabab ag‘darilib ketgan.

Ma'lumot uchun, Boliviyada har yili yo‘llarning yomon holati va YHX qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib chiquvchi YTH oqibatida minglab kishilar halok bo‘ladi, 40 ming inson turli darajadagi jarohatlarni oladi.
 

Mavzuga oid