Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida uchta avtomashina to‘qnashuvi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Joriy yilning 14 yanvar kuni soat 18:50 larda Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy 2-darajali ko‘chasida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisada 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Malibu-2, 1965 yilda tug‘ilgan F.A. boshqaruvidagi KIA, hamda 1991 yilda tug‘ilgan Q.S. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalar to‘qnashgan.
Ma’lum qilinishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha qatnashchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026