Toşkentdagi köp qavatli uylardagi bir-biridan farqli, rang-barang mozaikalarni körgan bölsangiz kerak. Ular allaqaçon Toşkentning taşrif qoğoziga aylangan – turistlar uçun ular qiziqarli san’at asarlaridir. Mozaikalar 1966 yildagi dahşatli zilziladan keyin vujudga kelgan – sobiq SCSR davlatlari bu san’at namunalarini birgalikda yaratgan. Kun.uz poytaxt mozaikalarining tarixi, arxitektorlar nega uylarni mozaikalar bilan bezatgani, ular qanday ma’no anglatişi haqida video tayyorladi.

Mozaikalar – sobiq ittifoq davlatlarining birgalikda yaratgan san’at asari

Toşkent mozaikalari – biz ularning oldidan boşimizni ham kötarmay ötib ketamiz. Lekin Özbekistonga kelgan turistlar uçun poytaxt mozaikalari şu qadar öziga xoski, bunday arxitektura namunalarini boşqa şaharlarda uçratiş qiyin deyişadi. Ular mozaikalar bilan bezalgan uylar yonida albatta rasmga tuşib ketadi.

Mirzo Uluğbek tumani, Elbek köçasidagi mozaika. Foto: Kun.uz

Arxitektura fanlari nomzodi, professor Abdumannop Ziyoyevning aytişiça, özbekistonliklar mozaikalarga e’tiborli bölmasa-da, çet elliklar ularni juda ahamiyatli, boşqa joylarda uçratiş qiyin bölgan bebaho arxitektura namunasi deb biladi. “Bizda Örta Osiyoda sirli bezak bilan binolarni yasatiş an’anasi bor. Çet elliklar devorlarni ham şunday bezatganingiz yaxşi bölgan, ularda öziga xoslik bor deyişadi” , — deydi professor.

Ma’lumotlarga köra, hozir Toşkentdagi 150ta binoning fasad qismida tarixiy-badiiy ahamiyatga ega mozaikalar bor. Xöş, butun şaharning qiyofasiga körk bölib turgan mozaikalar qanday paydo bölgan?

Aslida, ular seysmik modernizm namunalari bölib, Toşkent zilzilasidan keyin vujudga kelgan, Mozaikalar arxitektorlarning ajoyib topilmasi bölib qolmay, ular sobiq SSSR davlatlarining birgalikda yaratgan san’at asari hamdir.

1966 yilda Toşkentda sodir bölgan dahşatli zilzila tufayli 300 mingdan ziyod aholi boşpanasiz qoladi, 2236ta ma’muriy bino, 700ga yaqin savdo va umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va mingga yaqin boşqa binolar zarar köradi. Talafotdan keyin Toşkentni qayta barpo etiş va juda köp aholi turar joylarini quriş kerak edi.