Oxirgi yillarda davlat tashkilotlari axborot siyosatida ochiqlik sari qadam qo‘yib, jamoatchilik bilan muloqotga kirisha boshlagani – haqiqat. Shunga yarasha ulardagi axborot xizmatlariga ham ancha-muncha sharoitlar qilib berildi, maqomi rahbar o‘rinbosariga tenglashtirildi.
Hozirgi axborot asrida jamoatchilikda rasmiylarga nisbatan har kuni savollar paydo bo‘ladi. Kasb majburiyati OAV vakillari va jamoatchilik savollariga javob berish bo‘lgan axborot xizmatlari oldida odatda ikki xil tanlov bo‘ladi.
Birinchisi, muloqotga kirishib, ko‘tarilgan (so‘ralgan) masala yuzasidan asosli tushuntirish, yechim yoki izoh beriladi. Ikkinchisi esa shunchaki “ignor” qilish, o‘zini go‘yoki hech narsadan xabari yo‘qday tutish. Bunday holat bora-bora jamoatchilik bilan aloqalarda inqirozga olib keladi. Rasmiy va aniq ma’lumot yo‘q joyda turli shubha-gumonlar paydo bo‘ladi. Munosabat berilmasdan, sirligicha qoldirilmoqchi bo‘lgan voqea unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiraveradi.
Ana shunday davlat tashkiloti axborot xizmatlaridan biri Bosh prokuraturaga tegishlidir.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov so‘nggi vaqtlarda Kun.uz'ning turli jinoyatlarga doir so‘rovlariga tanlab-tanlab javob beryapti. Ayniqsa, hokimiyat vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud xodimlari ustidan ochilgan ko‘plab jinoyat ishlarining taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu boradagi so‘rovlar esa javobsiz qoldirilyapti.

Oxirgi oylarda misollarga o‘tsak. Garchi Hayot Shamsuddinovdan so‘ralgan bo‘lsa-da:
- 2022 yil oktyabrda oyida Toshkentda 3 nafar sobiq sudyalar jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingani;
- 2022 yil avgust oyida Toshkent shahar Chilonzor tumanida yo‘lni kengaytirish ishlari sabab ko‘p yillik daraxtlariga ziyon yetkazilgani yuzasidan ochilgan jinoyat ishi natijasi haqida (qonun talabi bo‘yicha dastlabki tergov muddati 3 oy va bu muddat amalda o‘tib bo‘lgan);














