“Jamoat ahamiyatiga ega taşkilot” huquqiy maqomi joriy etilişi sentabr oyidagi prezident farmonida belgilangan edi. Kuni keça kompaniyalarga bu maqomni beriş mezonlari belgilangan hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Prezident qarori
“Jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar” (Public interest entities — PIE) huquqiy maqomini joriy qiliş haqidagi prezident qarori 2025 yil 15 sentabrda imzolangan. Hujjat 2025 yil 17 dekabrdan kuçga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi taşabbusi bilan qabul qilingan qarorga asosan, faoliyat turi va/yoki aktivlari miqdori tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga, şuningdek, keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega tadbirkorlik sub’yektlari Jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar reyestriga kiritiladi.
Reyestrni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda yuritadi.
Reyestr har yil 1 iyulga qadar yangilanadi va unga kiritilgan kompaniyalar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHSS)ga ötişi şart böladi.
Şuningdek, reyestrdagi kompaniyalar audit tekşiruvidan ötgan yillik moliyaviy hisobotini audit xulosasi bilan birga korporativ axborotlar portali – openinfo.uz saytida oçiq e’lon qilişi kerak böladi.
2026 yil fevral oyiga qadar “jamoat ahamiyatiga ega taşkilot” tuşunçasini qonunlarga kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilişi lozim. 2026 yil mart oyigaça jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlarda audit tekşiruvini ötkaziş böyiça talablarni belgilovçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi.
Taklif etilayotgan mezonlar
12 noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar reyestrini yuritiş töğrisidagi nizomni oçiq muhokamaga çiqardi.
Unga köra, jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar toifasiga kiritişning quyidagi mezonlari taklif etilmoqda:

















