Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi “Özbekiston poçtasi” AJdagi davlat uluşi noşaffof tarzda xususiylaştirilgani haqida OAVda tarqalgan xabarlardan keyin, bu borada Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga taqdimnoma kiritdi.
Aksilkorrupsiya organining qayd etişiça, prezident farmoniga asosan “Özbekiston poçtasi” AJning 29,4 foiz davlat uluşi ommaviy savdolarga çiqarilişi belgilangan.
Qonunçilikka köra, davlat aktivlarini xususiylaştiriş şaffoflik va qonuniylik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini ta’minlaş, şuningdek korrupsiyaga yöl qöymaslik kabi prinsiplarga asoslanişi kerak. Xususan:
- davlat organlari xususiylaştirilayotgan davlat mulki haqidagi ma’lumotlardan erkin foydalaniş imkoniyatini yaratişi şart (“Davlat mulkini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonun, 6-modda);
- Davlat aktivlarini boşqariş agentligi davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan korxonalar röyxatini Oçiq ma’lumotlar portaliga joylaştirişi va har çorakda yangilab borişi lozim (6247-sonli prezident farmoni 4-bandi);
- davlat mulki obektlari töğrisidagi axborotlarni portalga joylaştirmasdan savdoga çiqarişga yöl qöyilmaydi (Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 oktyabrdagi 572-son qarori).
“Yuqoridagilarga muvofiq, örganiş yakunlari böyiça Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga davlat aktivlarini realizatsiya qilinişida amaldagi qonunçilik talablari, xususan, xususiylaştiriş jarayonlarida oçiqlik va şaffoflik prinsiplariga qat’iy rioya etilişini ta’minlaş yuzasidan taqdimnoma kiritildi”, – deyiladi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bayonotida.
UzPost bilan nimalar bölyapti?









