Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat kodeksidan ikkita modda chiqarib tashlanadi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:
179-modda (Soxta tadbirkorlik) chiqarib tashlanadi;
182-modda (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
«Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan e'tiboran o‘ttiz kun ichida bojxona to‘lovlarini to‘liq to‘lasa, javobgarlikdan ozod etiladi»;
192-modda (Raqobatchini obro‘sizlantirish) chiqarib tashlanadi;
242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish) quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
«Yuridik shaxsning muassislari, rahbarlari, xodimlari, uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, xodimlari yuridik shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yoki boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ushbu moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, bundan yuridik shaxs, uning tuzilmaviy bo‘linmasi bir yoki bir nechta og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etish uchun atayin tashkil etilganligi hollari mustasno».
Mavzuga oid
21:14 / 14.04.2026
Bezorilik jinoyati uchun jazo og‘irlashtiriladi
15:46 / 06.03.2026
Qibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025