Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qibray tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur holat foş etildi.
Ma’lum qilinişiça, muqaddam sudlangan M.M.ning BYD Chazor rusumli avtomaşinasi töxtatilib, tekşiruvdan ötkazilgan. Közdan keçiriş jarayonida avtomaşinadagi yölovçi U.M. qora rangli polietilen paketni köçaga taşlab yuborgan vaqtda uşlangan.
Tekşiruv davomida uşbu paket içida 12 dona yelim idiş hamda “zakladka” usulida sotiş maqsadida olib kelingan 28 dona oq rangli idişda kuçli ta’sir qiluvçi vositalar borligi aniqlangan.
Şuningdek, avtomaşinaning old örindiğidan 3 dona dori vositasi, 3 dona mobil telefon va 9 dona bank plastik kartasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












