Jamiyat | 22:57 / 26.02.2019
151571
2 daqiqa o‘qiladi

Halima Ibragimova va «Bravo» a'zosi Otabek Mirzaxolov o‘zbek xalqidan uzr so‘radi

«O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyadan mahrum bo‘lgan aktrisa Halima Ibragimova va «Bravo» guruhi a'zolari Kun.uz muxbiriga berilgan intervyuda o‘zbek xalqidan uzr so‘rashdi.

Halima Ibragimova san'atkorlar bilan o‘tkazib turiladigan shu turdagi suhbatlarda ko‘p bo‘lganini aytadi.

YouTube

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tas-IX

«Ogohlantirishlar faqat menga emas, boshqalarga ham bo‘lgan. Men tomondan quyushqondan chiqish bo‘lganini ham inkor etmayman. Tabiatim shunaqa. Tarbiyalash maqsadida litsenziyamni olib qo‘yishdi. Men noto‘g‘ri gapirib, kimningdir qalbini og‘ritgan bo‘lsam, xalqimizdan, hammadan kechirim so‘rayman», deydi u.

Foto: Halima Ibragimova

«Bravo» guruhining a'zosi Otabek Mirzaxolov shunday deydi: «Bugungi davra suhbati – majlisda bildirilgan fikrlar o‘rinli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqaraman. Biz kimnidir kamsitish maqsadida bu ishlarni qilmaganmiz. Konsertimizga yig‘ilgan odamlar kulishi uchun, sahnada qizishib ketib, o‘zimizni boshqara olmay qoladigan holatlar bo‘lgan. Uyatsiz so‘zlar ishlatib, sahnada hech kimni so‘kkanimiz yo‘q. Beldan past hazillar qilmaganmiz. 

Foto: Otabek Mirzaxolov

Shu orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan bo‘lsak, kimdir buni o‘zi uchun haqorat deb qabul qilgan bo‘lsa, men uzr so‘rayman. Tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa qilib, xalqimizga yoqadigan konsertlar qo‘yishga, ijod qilishga harakat qilamiz».

Mavzuga oid