Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi
Abduqahhorov 2017–2020 yillarda ham mazkur muassasaga rahbarlik qilgan. U ishdan ketganidan keyingi to‘rt yarim yil ichida tashkilotda besh marta rahbar o‘zgargandi.

Foto: Madaniyat vazirligi
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov haqida rasman xabar berilmagan, bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ijro intizomiga oid o‘tkazgan yig‘ilishi haqidagi press-relizdan ma’lum bo‘lgan.
Abduqahhorov 2017–2020 yillarda ham «O‘zbekkonsert»ga rahbarlik qilgan. Hozirga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi xalqaro festivallar direksiyasi rahbari edi. Endi uning o‘rniga aktyor Fotih Jalolov tayinlangan.
Abduqahhorov rahbarlikdan ketganidan keyingi to‘rt yarim yil ichida «O‘zbekkonsert»da bir necha bor rahbar o‘zgardi. 2020 yil yozida uning o‘rniga Alisher Jamoliddinov vaqtincha rahbar bo‘lgandi, o‘sha yil noyabrida Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. 2021 yil mayida Jamoliddin Uzoqov tashkilotning yangi rahbariga aylanadi. Bir yil o‘tib, 2022 yil mayida Davron Sheraliyev mazkur davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. 2023 yil oktyabrida esa Sanjar Erdanov «O‘zbekkonsert» direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. U qachon va nega ishdan olingani ma’lum emas.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 500 yil ichida birinchi marta Krasheninnikov vulqoni otilishni boshladi
Jahon | 16:52
-
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar
Jahon | 16:08
-
Kunda ustida siyosat, «yadroviy qiyomat-qoyim» xavfi – hafta dayjesti
Jahon | 15:59
-
Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasida axborot urushi davom etmoqda
Jahon | 15:37
Mavzuga oid

00:58 / 02.08.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025