Aktrisa Halima Ibragimova hayotdan köz yumdi. Bu haqda "Mirzo teatri"ga yaqin manba bilan boğlangan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

"Mirzo teatri"dagi manba aktrisa vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Ölim sabablari haqida hozirça ma’lumot yöq.

Halima Ibragimova bir neça oylik tanaffusdan keyin sönggi bor 25 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda köriniş berib, oğir betob bölgani haqida aytgandi.

«Issiq jonmiz, bilib bölmaydi. Ozgina soğliğimda muammo bölib, çiqa olmay qolgandim. Hozir ança yaxşiman, davolaniş işlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda «Mirzo» teatrining konserti, u yerda rol ijro etişim kerak», degandi aktrisa.

Halima Ibragimova 1979 yilda tuğilgan. Toşkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bölimida tahsil olgan.

U köp yillar davomida Mirzabek Xolmedov boşçiligidagi teatr-studiyada işlagan. Şuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.

Ikki farzand onasi edi.

Tahririyat aktrisaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.