Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlarda Toshkent shahrida yashovchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 13,3 foizga oshganini aytgan bo‘lsa, andijonliklar 12,9 foizlik inflatsiyani sezganliklarini bildirgan. Qoraqalpog‘istonda sezilgan inflatsiya ko‘rsatkichi esa eng past – 10 foiz.
Foto: Kun.uz
2026 yil fevral oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi yanvar oyiga nisbatan 0,1 foiz bandga pasayib, 11,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

So‘rovnomada 2800 dan ortiq respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Toshkent shahrida eng yuqori – 13,3 foizni, Andijon viloyatida 12,9 foizni, Farg‘ona viloyatida 12,2 foizni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘istonliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezishgan – 10 foiz. Namangan viloyatida yashovchilar 10,4 foiz, Navoiy viloyati aholisi 10,5 foizlik inflatsiyani his etishgan.

Fevral oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, meva va sabzavotlar, elektr va tabiiy gaz, dorilar, shuningdek, yo‘lkira va tashish xizmatlari.
Daromadlari 2 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 10,4 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 20 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 14,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.

Mavzuga oid
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
16:44 / 28.03.2026
Markaziy bank hisobvaraqlar o‘rtasida A2A o‘tkazmalarni ishga tushirdi
16:34 / 28.03.2026
“Kartani to‘ldirish komissiyalarini Markaziy bank tartibga solmaydi” - Nodir Saydullayev
13:16 / 26.03.2026