Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlarning qimmatlashishi, shuningdek, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishidan xavotirlari ko‘paygan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 foiz) hamda Qashqadaryo (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (11,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,6 foiz) va Samarqand viloyatida (9,8 foiz) qayd etilgan.
Foto: Kun.uz
Aprel oyidagi Markaziy bank so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, aholi inflatsiya kutilmalari martga nisbatan 0,4 foiz bandga pastlab, 10,6 foiz atrofida shakllandi. Biznes kutilmalari esa 10,3 foizni tashkil etib, oylik nisbatda 0,4 foiz bandga qisqardi.
Respondentlar inflyatsion fonni shakllantirayotgan asosiy omillar qatorida quyidagilarni ko‘rsatgan:
- kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (51 foiz);
- yonilg‘i va energiya resurslari narxlari oshishi (44 foiz);
- asosiy oziq-ovqatlarning qimmatlashishi (28 foiz).
So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma pensionerlarda (12,6 foiz) kuzatilgan. Eng past kutilmani talabalar (9 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (12 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa tashish xizmatlari (9 foiz) sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 foiz) hamda Qashqadaryo (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (11,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,6 foiz) va Samarqand viloyatida (9,8 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toshkent shahrida (11,4 foiz) baland, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,2 foiz) esa eng past bo‘lgan.
Daromadlari 30 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika bo‘yicha eng yuqori darajada shakllangan – 16,5 foiz. Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 17 foiz va undan yuqori inflatsiya kutayotganlar ulushi 19 foiz bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:53 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
10:32 / 16.05.2026
Bankomatda muammoga uchragan mijoz sarson bo‘lmasligi kerak - Markaziy bank
07:50 / 04.05.2026