“Bir maktabda uch nafar o‘qituvchi 11 mln so‘m maosh olibdi, o‘ttiz nafari shuncha olsa ham qarshiligimiz yo‘q” – prezident
Ustoz-muallimlar bilan uchrashuv chog‘ida davlat rahbari Chilonzor tumanidagi maktab o‘qituvchisi olayotgan oylik maoshga e’tibor qaratdi.
“Mana, shu tadbirda ishtirok etayotgan o‘qituvchi bir maktabda uch nafar o‘qituvchi 11 mln so‘m maosh olayotgani aytdi. Xo‘sh, aytinglarchi, xuddi shu maktabda 30 nafar o‘qituvchi yetarlicha ishlab, shuncha maosh olishsa, biz qarshi bo‘lamizmi? Aksincha, men faqat xursand bo‘laman.
Men ko‘p ta’kidlayman – agar yurishdan sekinlashsak, o‘tirgimiz keladi. O‘tirsak yotgimiz keladi, yotsak uyqumiz keladi. Shu tarzda rivojlantishdan ortda qolib ketamiz. Ayniqsa siz o‘qituvchilar jamiyatdan ortda qolmasligingiz kerak” – dedi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari maktablarda ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarga ham e’tibor berish, nutq madaniyatini o‘rgatish bo‘yicha takliflarni ham qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
20:00 / 23.01.2025
Saida Mirziyoyeva ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:12 / 10.01.2025
Nodavlat o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 600 taga yetkaziladi
13:39 / 10.01.2025
O‘rta ta’lim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassis jalb etiladi
13:01 / 09.01.2025