Qarorga köra, 2026-2027 öquv yilidan bosqiçma-bosqiç örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlari öquvçilari hamda umumiy örta ta’lim taşkilotlarining 9–11-sinf öquvçilari uçun har oyda kamida 2 marotaba “Mohirlik va biznes soati” tadbirlarini taşkil etiş yölga qöyiladi.

Tadbirlar doirasida quyidagi yönalişlar belgilangan:

  • “Eng yaxşi startap ğoyasi” tanlovi ötkaziladi. Tuman bosqiçi ğoliblariga 5 mln sömgaça, viloyat bosqiçi ğoliblariga 10 mln sömgaça mukofot berilişi közda tutilgan;
  • yaratilgan loyihalar har çorakda öquvçilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
  • marketpleyslar bilan hamkorlik örnatilib, ta’lim taşkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotiş amaliyoti yölga qöyiladi.

Şuningdek, qarorda 2026 yil 1 apreldan davlat organlari, taşkilotlar va davlat iştirokidagi korxonalar öz sohasidagi yeçim talab qilayotgan muammo va masalalar böyiça kraudsorsing elektron platformasi orqali tanlovlar taşkil etişi hamda har oy startap taşabbuskorlari bilan uçraşuvlar — “Startap kuni” tadbirlarini ötkazişi nazarda tutilgan.