Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular boshqa biror joyda ishlamasin» - Prezident videoselektorda ishdan olingan amaldorlarni xiyonatchi deb atadi
8 aprel kuni tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor vaqtida yomon ko‘rsatkichlar tufayli ishdan olingan hududiy rahbarlar ishlagan davri uchun olgan oyligini davlatga topshiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo va Navoiy viloyatidagi rahbarlar faoliyatini qattiq tanqid qildi.
«Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Bo‘tayev, soliq boshqarmasi boshlig‘i Bozorov, markaziy bank rahbari [viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i] Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Hasanov, markaziy bank rahbari Saidov [viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i] va soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etilsin.
Biror yerda ishlamasin. Ular bilishi kerak shuncha oylik berib, shuncha harakat qilganimizni... siyosatga xiyonatchi bular.
Shu bilan birga, Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.
Ishdan olinganlar ishlagan davri uchun hamma oyligini davlatga topshirsin. Televizorda rasmini chiqarib, «xiyonatchi» deb berish kerak. Xalq bularning kimligini, siyosatga qarshi ekanligini bilishi kerak», degan prezident.
Odil Hasanov 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Muqaddam Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan O‘tkir Bo‘tayev 2019 yil oktyabrida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Azamat Bozorov 2019 yil oktyabrida Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagandi. Ungacha Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi». Prezident – Toshkentning kelgusi yillardagi taraqqiyoti haqida
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025