Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi va Davlat soliq boşqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Şuhrat Sotiboldiyev Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. U bu lavozimda 2016 yil 22 fevral kunidan beri işlab kelgan Dilşod Tursunboyevning örniga tayinlandi.

Şuhrat Sotiboldiyev

Şuhrat Sotiboldiyev bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boşliği lavozimida işlab kelgan. 

Azamat Bozorov esa viloyat Davlat soliq boşqarmasi boşliği böldi. Bunga qadar Ravşanjon Nasimov Qaşqadaryo Davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgandi.

Azamat Bozorov bungaça Navoiy viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği bölgan.

Azamat Bozorov

Şuningdek, Nişon tumani prokurori Abdurayhon Muhammadiyev ham işdagi kamçiliklari sabab vazifasidan ozod etilgan.

Avvalroq, Zoyir Mirzayev Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani, Qarşi şahri va uçta tuman hokimi işdan olingani hamda Zafar Röziyevning ikki nafar örinbosari tuman hokimligiga tuşirilgani xabar berilgandi.