Jahon | 10:37 / 27.01.2019
57966
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Xurram sultonning rus millatiga mansubligi haqidagi ma'lumotlar o‘zgartirildi   

Foto: Wikipedia

Turkiya hukumati Ukraina elchixonasi murojaatiga ko‘ra turk sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi Xurram sultonning Istanbuldagi maqbarasi oldidagi stenddan uning rus millatiga mansubligi haqidagi ma'lumotlarni olib tashladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchixonasi ma'lum qildi.

“Sekin-asta tarixiy haqiqatni tiklamoqdamiz: Ukraina elchixonasining murojaatidan keyin turk tomoni Sulton I rafiqasi Roksolananing Istanbuldagi Sulaymoniya masjidi yonidagi maqbarasidan uning go‘yoki rossiyalik ekanligi haqidagi matnni o‘chirib tashladi”, deyilgan Ukraina elchixonasining tvitterdagi xabarida.

Ta'kidlanishicha, endilikda maqbarada “Sulton Sulaymon rafiqasi Xurram sulton (Roksolana), ukrainalik va sulton Salim [II]ning onasi” degan yozuvni ko‘rish mumkin.

Xurram sulton (1502/1505 - 1558) Usmoniylar imperiyasi sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi bo‘lgan. Uning haqiqiy ismi va kelib chiqishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Ba'zi manbalarda u rus ildizlariga egaligi, boshqalarda esa Rogatinadan (hozirda Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyati) ekanligi aytiladi. Xurram sulton sultonlikning siyosiy ishlarida muhim rol o‘ynagan.

Mavzuga oid