Ukraina Oliy antikorrupsiya sudi (OAS) juma kuni, 16 yanvarda Oliy radadagi “Batkivşçina” fraksiyasi rahbari Yuliya Timoşenkoga nisbatan 33,3 million grivna ( 660 900 yevro ) miqdorida garov qöllaş tarzida ehtiyot çorasini belgiladi, deb xabar berdi DW muxbiri. Bundan taşqari, sud Timoşenkoga tergovçi ruxsatisiz Kiyev viloyati hududini tark etişni taqiqladi va 60 nafardan ortiq parlament a’zosi bilan aloqa qilişini çekladi. U, şuningdek, xorijga çiqiş pasportlarini topşirişi şart.
Şu tariqa sudya Vitaliy Dubas Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (UMAB) va Maxsuslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (MAP)ning iltimosnomasini qisman qanoatlantirdi. Uşbu idoralar Timoşenkoni “Sluga naroda” fraksiyasi a’zolariga pora taklif qilganlikda gumon qilmoqda. MAP prokurori garov miqdorini 50 million grivna qilib belgilaşni söragan edi.
Sud majlisi davomida jinoyat işiga oid qator tafsilotlar ma’lum böldi. Xususan, Timoşenko UMAB ilgariroq suhbatning bir qismini ommaga çiqargan deputat kimligini özi aytdi. Gap “Sluga naroda” fraksiyasining milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari qömitasidagi vakili Igor Kopitin haqida ketmoqda. Iş materiallarida u “Mazur” taxallusi bilan qayd etilgan.
2025 yil dekabr oyida Kopitin deputatlarni ommaviy sotib oliş haqidagi ma’lumot bilan UMABga murojaat qilgan va huquqni muhofaza qiluvçilar topşiriğiga köra jinoyatni hujjatlaştirişga kirişgan.
Tergovning asosiy dalili — Kopitin va Timoşenko örtasidagi 12 yanvardagi suhbat audioyozuvlari hisoblanadi. Tasmalarda Timoşenko suhbatdoşiga “köpçilikni yiqitiş/yöq qiliş” istagi haqida gapiradi va huquqni muhofaza qiluvçilar versiyasiga köra, Kopitin hamda uning guruhidagi ikki nafar xalq deputatiga “Batkivşçina” bilan kelişilgan tarzda qonun loyihalari yoki kadr qarorlari böyiça ovoz beriş evaziga har oy 5 ming dollardan taklif qiladi.
14 yanvarga ötar keçasi “Batkivşçina” ofisida ötkazilgan tintuv vaqtida UMAB xodimlari naqd pul solingan paket, şuningdek turli fraksiyalardan bölgan xalq deputatlarining ovoz berişi haqidagi ma’lumotlarni topgan. Ular fikriça, bu xalq vakillarini tizimli ravişda sotib oliş bölganini körsatişi mumkin.
Timoşenko UMAB e’lon qilgan yozuvlarni “soxtalaştirilgan” deb atadi va bu suhbat “hayotida heç qaçon” bölmaganini bildirdi. “Birinçidan, men juda aniq aytmoqçiman: men heç qaçon (UMAB yozuvlaridagi kabi — tahr.) bunday sözlarni aytmaganman. Bugun esa sudyaga bu audio mutlaqo soxtalaştirilganini isbotlayman”, — dedi Timoşenko OAS majlisidan oldin. Şuningdek, u jurnalistlarga tasmalarda ovozi eşitiladigan ikkinçi deputat kimligini bilmasligini aytgan.













