Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
Jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha Parij apellyatsiya sudi qarori bilan sud tergovi boshlandi. Avvalroq, Muhammad bin Salmon bu qotillikda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan edi.
Foto: AFP
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga nisbatan Istanbulda The Washington Post jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha Parij apellyatsiya sudi qarori bilan sud tergovi boshlandi. Bu haqda AFP xabar berdi.
«Milliy aksilterror boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan qiynoqlar va majburiy bedarak yo‘qolishlar haqidagi shikoyat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi lozim», deyiladi xabarda.
Ilgari Fransiya prokuraturasi ta’qibning maqbulligi asosida ish qo‘zg‘atishga qarshi chiqqan edi.
The Washington Post gazetasi sharhlovchisi Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda bedarak yo‘qoldi. Shu kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirdi va qaytib chiqmadi. Uning jasadi ham topilmadi. Turkiya prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist o‘ldirilgan, uning jasadi maydalangan va yo‘q qilingan.
Jurnalist uzoq vaqt davomida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan edi. Jurnalistni o‘ldirishga Saudiya Arabistoni hukumati buyruq berganini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSh Milliy razvedkasi ma’lum qildi.
«Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Turkiyaning Istanbul shahrida saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini qo‘lga olish yoki o‘ldirish operatsiyasini ma’qullagan deb hisoblaymiz», deyiladi Amerika razvedkasi hisobotida.
Jurnalistning g‘oyib bo‘lishi va bunga Ar-Riyodning aloqadorligi haqidagi xabarlar dunyoda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Shu paytda XVJ rahbari bo‘lgan Kristin Lagard, shuningdek, Google va Ford kabi bir qator Amerika kompaniyalarining top-menejerlari Saudiya Arabistoniga rejalashtirilgan sayohatidan voz kechishdi.
Muhammad bin Salmon birinchi marta 2019 yil sentabr oyida Qoshiqchining o‘ldirilishi haqida ochiq fikr bildirdi.
«Men barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki bu men xizmat vazifamni bajarayotganimda sodir bo‘lgan», dedi u. Shu bilan birga, shahzoda nomi oshkor etilmagan amaldorlar uning ruxsatisiz harakat qilganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.05.2026
Saudiya Arabistoni Eron hujumlariga javob qaytargan
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026