1990 yilda Saudiya Arabistoni va Tailand örtasiga sovuqlik tuşadi. Saudlar Bangkok bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Bu jarayon 32 yil davom etadi va 2022 yilga kelib har ikki davlat özaro munosabatlarni qayta tiklaydi. Öşanda Saudiya va Tailand örtasiga sovuqlik tuşişiga yirik bir öğirlik sabab bölgandi.
1989 yilda Saudiya valiahd şahzodasi Faysal ibn Faxdning xonadonidan köplab qimmatbaho toşlar va taqinçoqlar yöqoladi. Öşa paytda ularning narxi bir neça mln dollar bölgan.
Yöqolgan narsalar orasida qirollik oilasi uçun qadrli bölgan, Yer yuzida ança-munça odamda topilmaydigan 50 karatli moviy olmos ham bor edi.
Qimmatbaho taqinçoqlarni kim öğirlagani darhol aniq böladi: u qirollik oilasining tailandlik xizmatçisi Kriangkray Tekamong degan yigit edi.

Öğri xizmatkor
Kriangkray Tekamong qirollik oilasi işonçiga kirgan va saroyda işlardi. U xizmat qilgan Saudlar xonadonida qimmatbaho toşlar va taqinçoqlar oçiqda turar, örni kelganda xizmatkorlar ularni yiğiştirib qöyardi.
Ana şunday şaroitda işlagan yigit kunlarning birida qimmatbaho toşlarning birini yaşirinça olib çiqadi va Tailandga jönatib yuboradi.
Yigitning yaqinlari toşni yaxşi pulga pullaydi. Şundan söng yigit qirollik oilasida saqlanayotgan boşqa qimmatbaho toşlarni ham birin-ketin öğirlab, uyga jönatib turadi.
Şu tariqa xizmatkor yigit bir muddat Saudlar oilasiga tegişli bölgan qimmatbaho toşlar va tilla taqinçoqlarni öğirlab keladi.
Kriangkray Tekamong öğirlagan toşlarini Saudlar xonadonidan asosan çangyutkiç qopçasiga yaşirib olib çiqadi.
U öğirlagan toşlar orasida Saudlar oilasi uçun qadrli bölgan, ölçami tovuq tuxumi kattaligidek keladigan moviy olmos ham bor edi.

Öşanda yigit öğirlagan qimmatbaho toşlar va tilla taqinçoqlarning umumiy soni 91 dona bölgan. Ayrim ma’lumotlarda ularning oğirligi 91 kg bölgani aytiladi. Biroq öğirlangan toş va taqinçoqlarning 91 dona ekani haqiqatga yaqinroq.
Xizmatkor tomonidan öğirlangan deb hisoblangan narsalar xomçöt qilib körilganda, öşa paytda ularning qiymati 20 mln dollarga yetadi.
Biroq Kriangkray Tekamongning oilasi, keyinroq uning özi qimmatbaho toşlarni Bangkokdagi Santi Sitanakan ism-şarifli zargarga yarim bahosiga ham yetkazmasdan sotib yuboradi.
Suriştiruv
Öşanda tailandlik xizmatkor yigitning öğirligi qanday foş bölgani haqida ma’lumotlar yöq. Faqat şunisi aniq: Saudlar öğirlik sodir bölganini Kriangkray Tekamong Tailandga ketib qolganidan söng sezadi.
Saudiya Arabistoni huquqni muhofaza qiliş organlari Tailandga öğirlik haqidagi ma’lumotlarni yuborganda Kriangkray Tekamong özidagi barça qimmatbaho toşlar va taqinçoqlarni sotib yuborgan edi.
Tailand politsiyasi darhol yigitni qölga oladi. U orqali qimmatbaho toşlar va taqinçoqlarni sotgan zargar ham topiladi. Zargar sotib olgan barça narsalarini qaytaradi.

Şundan söng kolleksiya Saudiyaga yuboriladi. Kriangkray Tekamong esa sud qilinadi va yetti yil qamoq jazosi oladi. Saudlarga kolleksiyani Tayland politsiyasining yuqori lavozimli mulozimi, general Çalor Kerdtes boşçiligidagi delegatsiya olib boradi.
Biroq bu bilan muammo hal bölmaydi. Çunki Saudiyada ortga qaytarilgan qimmatbaho toşlar va taqinçoqlar ekspertiza qilinganda barçasi soxta bölib çiqadi. Qolaversa, ular orasida moviy olmos yöq edi.
Öşanda Saudlar oilasi Tailanddan qimmatbaho toşlar hamda taqinçoqlarning aslini va moviy olmosni topib berişni talab qiladi. Bangkokda qöşimça suriştiruv boşlanadi.
Öşa paytda Tailanddagi ayrim OAVlar Bangkokda ötkazilgan tantanali keçada tuşirilgan suratlarni e’lon qiladi va öz şubhalarini bildiradi.
Suratlarda ayrim hukumat a’zolarining xotinlari Saudiyada yöqolgani aytilgan qimmatbaho taqinçoqlarni taqib olgandi.
Şundan Saudiya tomoni qimmatbaho toşlar va taqinçoqlar zargar tomonidan emas, balki politsiya va hukumat mulozimlari tomonidan özlaştirilganini aytib çiqadi. Biroq Tailand tomoni buni inkor qiladi.
Diplomatik aloqalarning uzilişi
1990 yil yanvarda Saudlar oilasi iltimosi bilan saudiyalik tadbirkor Muhammad ar-Ruvayli Bangkokka boradi. U Saudiyaning Tailanddagi elçixonasi xodimlari bilan birga yöqolgan kolleksiya yuzasidan suriştiruv ötkaza boşlaydi.

Bu guruh öz suriştiruvlarini fevralgaça davom ettiradi va şundan söng işlar töxtab qoladi. Çunki öşa paytda noma’lum şaxslar avval Saudiyaning Tailanddagi elçisini öldiradi.
Köp ötmay elçixonaning Muhammad ar-Ruvayliga yordam berayotgan ikki nafar xodimi ham öldiriladi. Ar-Ruvaylining özi bedarak yöqoladi va hanuzgaça uning na tirigi, na öligi topilmagan.
Sodir bölgan işlarda Saudiya tomoni Tailand hukumatini ayblab çiqadi va Bangkokdagi elçixona xodimlarini Saudiyaga çaqirib oladi. Ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar uziladi.
Ikki davlat örtasidagi munosabatlar yomonlaşgaç, Saudiya hukumati mamlakatda işlab turgan 300 mingdan oşiq tailandlik işçilarning asosiy qismini mamlakatdan çiqarib yuboradi.
Bunga javoban Tailand Saudiya fuqarolari foydalanib kelgan vizasiz kirib-çiqişni bekor qiladi.
Garçi Saudiya Tailand bilan barça aloqalarni uzgan bölsa-da, bu davlatdan Haj va Umra ziyoratini amalga oşiriş uçun keladigan insonlarga viza berişda davom etadi.
Tailandning keyingi çoralari
300 mingdan oşiq mehnat muhojirining Saudiyadan çiqarib yuborilişi öşa paytda Tailand iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazadi.
1994 yilda Tailand Saudiyadan öğirlangan kolleksiya böyiça suriştiruvlarni qayta boşlaydi. General Çalor Kertdes yana boş rolga çiqadi. U asosiy gumondor sifatida zargar Sitanakanni köradi.

Biroq zargar qimmatbaho toşlar va taqinçoqlarni aslini qaytarganini aytib turib oladi. Generalning odamlari tergov davomida zargarning xotini va öğlini öldiradi. Biroq u aytganida turib oladi.
Şundan söng köp ötmay general Çalor Kertdesning özi şubha ostiga tuşadi. Çunki zargardan kolleksiya u qabul qilib olgan va Saudiyaga olib borgandi. General aybini tan olmaydi.
Biroq Tailand sudi uni aybdor deb topadi va avvaliga ölim jazosiga hukm qiladi. Söng oliy jazo 50 yil qamoq jazosiga almaştiriladi.
Şuningdek, Tailandda olti nafar politsiyaçi Saudiya diplomatlarini öldirganlikda ayblanib, turli muddatga qamoq jazosi oladi. Biroq bu Saudiya tomonini qoniqtirmaydi.
General Çalor Kertdes hibsga olingan kezlarda Tailand tomoni barçaga saudiyalik diplomatlar öz odamlari tomonidan öldirilganini, moviy olmos esa umuman bölmaganini uqtirişga urinadi.
Biroq ularning bu gaplariga heç kim, hatto tailandliklarning özi ham işonmaydi. Şundan keyin ham Saudiya öz da’vosidan voz keçmaydi va ikki davlat örtasidagi sovuq munosabatlar davom etadi.

2010 yilga kelib Saudlar taşabbusi bilan Saudiya va Tailand örtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklaş böyiça muzokaralar ötkaziladi.
Çunki mamlakatga millionlab mehnat muhojirlari kerak va eng tartibli işçilar esa tailandliklar edi. Biroq kelişuv amalga oşmaydi va munosabatlar yomonligiça qolaveradi. Kolleksiya ham qaytarilmaydi. Moviy olmos topilmaydi.
Öğri va generalning keyingi taqdiri
Avvalroq soxta taqinçoqlarni Saudiyaga olib borgan general Çalor Kerdtes 50 yilga, ularni qirollik oilasi xonadonidan öğirlab çiqqan yigit 7 yilga qamalganini aytgandik.
2013 yilda 70 yoşga kirgan general Çalor Kerdtes afv etiladi. Uning keyingi taqdiri noma’lum. Öğri yigit Kriangkray Tekamong uç yil qamoqda ötirgaç politsiyaga tergovda yordam bergani uçun muddatidan avval ozod qilinadi.
2016 yilda 65 yoşga kirgan Kriangkray Tekamong öğirlangan kolleksiya yuzasidan matbuot anjumani ötkazadi. Öşanda u yöqolgan moviy olmos la’natlanganiga işonişini, toşni öğirlaş öziga va oilasiga baxtsizlik keltirganini, qolgan umrini rohib sifatida ötkazişini aytib çiqadi.
Kriangkray Tekamong va uning yaqinlaridan qimmatbaho toşlarni sotib olgan, söng ularni politsiyaga topşirgan zargarning keyingi taqdiri noma’lum.
Diplomatik aloqalarning tiklanişi
2020 yilda Tailand Suadiyaga diplomatik aloqalarni tiklaş böyiça taklif yuboradi. Mamlakat taşqi işlar vaziri saudiyalik hamkasbi bilan muzokaralar ötkazadi.
Saudiya taklifga ijobiy munosabat bildiradi. Biroq diplomatik munosabatlar örnatiş turli sabablarga köra yana ikki yilga keçikadi.
2022 yilga kelib Saudiya va Tailand diplomatik aloqalarni tiklaş böyiça muzokaralarni boşlaydi. Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon Tailand rahbarini öz davlatiga taklif etadi.

Öşa yili yanvarda 32 yil davom etgan kelişmovçilikdan söng Tailand boş vaziri Prayut Çan-Oça ilk bor Saudiyaga taşrif buyuradi.
Taşrif davomida tomonlar har ikki davlat örtasidagi diplomatik aloqalarni tiklaş böyiça kelişuvga erişadi. Köp ötmay Saudiyada Tailand, Bangkokda Saudiya elçixonalari qayta oçiladi.
Şundan söng har ikki davlat örtasida töğridan töğri qatnovlar yölga qöyiladi. Saudiya yana tailandlik mehnat muhojirlarini işga qabul qiladi.
Şuningdek, Saudiya öz fuqarolariga Tailandga borişga ruxsat beradi. Tailand ham saudiyaliklar uçun viza çeklovini bekor qiladi.
Oxir-oqibat ikki davlat örtasidagi kelişmovçilikka sabab bölgan qimmatbaho toşlar va taqinçoqlar hamda moviy olmos taqdiri noma’lumligiça qoladi.

















