Naşr ta’kidlaşiça, bu hujumlar haqida avval ommaga ma’lum qilinmagan va ular Saudiya Arabistonining ilk bor Eron hududida töğridan töğri harbiy operatsiya ötkazgan holati sifatida baholanmoqda.

Reuters fikriça, bu holat Ar-Riyodning mintaqadagi asosiy raqibi hisoblangan Eronga qarşi mudofaa borasida ança işonçliroq harakat qila boşlaganini körsatadi.

Ğarblik amaldorlardan ikkisining aytişiça, Saudiya Arabistonining ehtimoliy zarbalari taxminan mart oyi oxirida amalga oşirilgan.

Manbalardan biri bu harakatni “Saudiya Arabistonining öziga qilingan hujumlarga javob qadami” deb atagan.

Reuters ma’lum qilişiça, hozirça Saudiya Arabistoni Eron hududida qaysi obektlarni nişonga olganiga aniqlik kiritilmagan.

Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligining yuqori lavozimli vakili agentlik savoliga töğridan töğri javob bermagan.

Eron TIV ham jurnalistlarning izoh söroviga javob qaytarmagan.

Saudiya Arabistoni Yaqin Şarqdagi AQŞning asosiy harbiy ittifoqçilaridan biri hisoblanadi. Mamlakat an’anaviy ravişda Vaşingtonning harbiy himoyasiga tayanib keladi.

Biroq Reuters yozişiça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi davomida Eron bir neça bor Amerika yaratgan mudofaa “zonti”ni yorib ötişga muvaffaq bölgan.

Avvalroq The Wall Street Journal ham manbalarga tayanib, Birlaşgan Arab Amirliklari aprel oyi boşida Eronga qarşi hujumlar uyuştirganini xabar qilgan edi.

Naşr ma’lumotiga köra, BAAning ehtimoliy nişonlaridan biri Eronning Lavan orolida joylaşgan neftni qayta işlaş zavodi bölgan.

WSJ hisob-kitoblariga köra, uruş boşlanganidan beri Eron BAAga qarşi jami 2800 ta dron va raketa qöllagan.

Naşr ta’kidlaşiça, bu körsatkiç hatto Isroilga nisbatan qöllangan hujumlardan ham yuqori hisoblanadi.