Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
Toshkent viloyatining Angren shahrida Howo rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, oldindagi 4 ta avtomobil bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinalardan birining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yuk mashinasi haydovchisi protsessual tartibda ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Angren shahrida yuk mashinasi va bir nechta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.
Holat 26 aprel kuni soat 23:10 atrofida A373 avtomobil yo‘lining 93-kilometrida sodir bo‘lgan. Howo yuk mashinasi haydovchisi (1995 y.t) R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Sobalt avtomashinasida bo‘lgan 51 yoshli haydovchi I.X. va 40 yoshli yo‘lovchi Z.T. voqea joyida vafot etgan.
Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Howo yuk mashinasi haydovchisi protsessual tartibda ushlangan.
Bu birinchisi emas
2025 yil 7 sentabr kuni ham Toshkent viloyatining Angren shahrida, A-373 «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 93-kilometrida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

Shuningdek, 2021 yil mayida ham A-373 avtomobil yo‘lining taxminan shu qismida yana bir fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. O‘shanda Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan MAN rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, yettita mashinani urib ketgandi, to‘qnashuv natijasida yengil avtomobillardan biri yonib ketgandi.
YTH natijasida 7 kishi voqea joyida vafot etgan, yana 14 kishi turli darajada tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
10:03
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
21:34 / 08.04.2026