Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida bezorilik bilan şuğullanganlar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXX va IIV organlari tomonidan uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş yönalişida tezkor-qidiruv tadbiri ötkazilgan. Unda Çirçiq şahrida köça yeçimi va bezorilik bilan şuğullangan bir guruh şaxslar qölga olingan. Ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Qölga olinganlar quyidagilar:
- Saidov Ikrom Erkinoviç, 1988 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan;
- Saidov Islom Erkinoviç, 1990 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan sudlangan;
- Baizbayev Umidjon Zafar öğli, 1998 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan;
- Rustamov A’zamjon Mansuroviç, 2001 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan;
- Suponov Qurbonali Nosiroviç, 2002 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan;
- Farmonov Mirzoxid Şuxratoviç, 1988 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan.
Uşbu şaxslar oşkora ravişda jamoat tartibini buzib, bezoriliklar sodir etgani bildirilgan. Ular fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim ötkaziş orqali pul topiş bilan şuğullanişgan.
Mazkur şaxslarning noqonuniy harakatlaridan jabr körganlar DXXning 1520 yoki IIVning 102 qisqa raqamlariga xabar berişlari söralgan.

















