Sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda bino va inshootlarni qurish taqiqlanadi
Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.
Sel va ko‘chki bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, aholi hayoti xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy zarar miqdorini kamaytirish maqsadida Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish taqiqlanishi belgilangan yangi norma kiritilmoqda. Bu me’yorlar Senatning yalpi majlisida ma’qullandi.
Shuningdek, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Bu me’yorlar Senat yalpi majlisida ma’qullangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda aks etgan.
Shu bilan birga, Uy-joy kodeksida turar joylarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishi kafolatlanishi, shuningdek, hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutuvchi yangi norma aks ettirilmoqda.
Mazkur qonun xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
17:42 / 07.11.2024
Egallangan hamda hujjatsiz yer uchastkalariga so‘nggi “aksiya”. Egalik huquqini e’tirof etish uchun nima qilish kerak?
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
22:21 / 01.11.2024