Jahon | 20:34 / 03.09.2018
3478
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi otishmada 10 kishi yaralandi – OAV

Foto: al.com

AQShning Kaliforniya shtatida noma'lum kishilar tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida kamida 10 kishi yaralandi. Voqea San-Bernandino shahrining turar-joy majmualaridan birida yuz bergan, deb xabar berdi CBS telekanali. 

Guvohlarning aytishicha, otishmada to‘pponcha va miltiq qo‘llagan bir necha kishi ishtirok etgan. Hammasi bo‘lib 30 dan ko‘proq marta o‘q uzilgan. Jinoyatchilar politsiya kelishigacha yashirinishga ulgurgan.

Yaralanganlardan 3 nafarining ahvoli og‘irligi ma'lum qilingan. Politsiya fikricha, bu voqea hududdagi jinoiy to‘dalar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid