Kaliforniya ştati gubernatori Gevin Nyusom Davosda ötayotgan Jahon iqtisodiy forumida jurnalistlar bilan muloqot qilib, Yevropa siyosatçilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallaşga çaqirdi.

“[Yevropa uçun] qaddini tik tutiş vaqti keldi. Jiddiylaşadigan, lapaşang şerik bölişni bas qiladigan payt keldi. Gavdani rostlab, mustahkam turiş, “umurtqali böliş” vaqti keldi. AQŞda körib turibman: Kongress böşanglik qilyapti, ikkala tomonga ham “öynayapti”. Hozir – prinsipni uşlaydigan, kuçli böladigan, birlaşadigan payt”, – dedi Demokratik partiya vakili.

Nyusom Yevropa yetakçilari va umuman dunyo siyosatçilarining Trampga munosabatini yana bir bor “lapaşanglik” deb atarkan, ular Trampga “yaltoqlaniş”ni bas qilişi kerakligini aytdi.

“Bunaqangi lapaşang bölişlarini tuşuna olmayman. Unga bir oğiz ham qarşi gapirişmayapti. Bu yerga jahonning hamma yetakçilari uçun tizzani asraydigan prokladkalardan bir quti olib kelişim kerak ekan... Unga tojlar kiydirişyapti... Nobel mukofotlarini berib yuborişyapti... Bu – yaltoqilik. Bu – şunçaki şarmandalik.

Umid qilamanki, ular jahon sahnasida qançalik şarmandali körinayotganliklarini özlari tuşunişadi. Eng kamida Amerika tomondan turib qaraganda, bu – şarmisorlik. Yevropaliklar özi uçun özi qaror qabul qilişi kerak”.

Kaliforniya gubernatori jurnalistning: “Yevropa diplomatiya qilyapti” degan ta’kidiga qöşilmasligini bildirdi.

“Donald Tramp bilan diplomatiya? U – tirannozavr. Yo siz u bilan jangga çiqasiz, yoki u sizni yamlamay yutadi. Yo unisi, yo bunisi. Yevropaliklar boşini baland kötarişi, qat’iyatli va jips bölişlari kerak”.

Trampning siyosati Yevropa Ittifoqining parçalanişiga sabab bölişi mumkinmi, degan savolga javoban Nyusom AQŞ prezidentini kuçli zarb bilan tepilgan buzğunçi töpga öxşatdi.

“Bu masalada mubolağa qilişni istamayman, lekin bu odam – hammayoqni vayron qiladigan koptok. Umid qilamanki, odamlar uyqudan uyğonib, biz nimaga röbaro‘ kelib turganimizni tuşunadi. Bu – favqulodda holatning ayni özginasi”.

Kaliforniya gubernatorining bu gaplaridan keyin, Oq uy uning Davos forumida spiker sifatidagi iştirokini bloklab qöydi