Tergov versiyasiga köra, AQŞga köçib kelgan Senegal fuqarosi, 53 yoşli Ndiaga Diagne Ostinda (Texas ştati) ikki kişini otib öldirgan va yana 14 kişini yaralagan. U Eron bayroği tasviri tuşirilgan futbolka kiygan bölgan. Bu haqda yakşanba, 1 mart kuni AP agentligi huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakiliga tayanib xabar qildi.

Öz navbatida, internetda ekstremistlarning faoliyatini kuzatib boruvçi amerikalik SITE Intelligence Group kompaniyasi ehtimoliy hujumçi ijtimoiy tarmoqlarda “Eron rejimi”ni qöllab-quvvatlagan degan xulosaga kelgan.

SITE Intelligence Group qayd etişiça, u 2017 yildan boşlab Facebook’dagi postlarida “Isroil va AQŞ rahbariyatiga nisbatan nafrat” ham bildirgan. 

Ostin politsiyasi ehtimoliy jinoyatçini otib öldirgan, u Ostindagi barga hujum qilişda töpponça va miltiqdan foydalangan.

Ostin politsiyasi rahbari Liza Devisning aytişiça, gumonlanuvçi bar yonidan bir neça marta maşinada ötgan, keyin töxtab, öz yöltanlamasi oynasidan terrasada va bino oldida turganlarga töpponçadan öq uzgan.

Şundan keyin u maşinani töxtatgan va miltiqdan tasodifiy yölovçilarga öq ota boşlagan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar uni otib öldirgan, deya aniqlik kiritdi Devis.

Federal tergov byurosi (FTB) maxsus agenti Aleks Doran hujum motivatsiyasi noma’lumligini aytdi, ammo “mazkur şaxsda va uning avtomobilida terrorizm bilan ehtimoliy boğliqlikni körsatuvçi aşyolar topilgan”. Doranning sözlariga köra, gap “terrorizmning ehtimoliy akti” haqida ketmoqda.

Tergovga FTBning antiterror guruhi jalb etilgan bölib, u mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda iş olib boradi.

AFP agentligi aniqlaştirişiça, AQŞ va Isroilning Eronga bergan havo zarbalaridan keyin AQŞning köplab şaharlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.

Isroil va Qöşma Ştatlar 28 fevral tongida Tehron va Eron hududidagi boşqa joylarga zarbalar bergan. AQŞ prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yöq qiliş niyatida ekanini bildirgan. U Eron armiyasini qurolni taşlaşga, mamlakat aholisini esa “taqdirini öz qöliga oliş”ga çaqirgan.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining 1 mart tongidagi ma’lumotiga köra, zarbalar oqibatida mamlakatda 201 kişi halok bölgan, yana 747 kişi yaralangan. Eron OAV Minab şahrida qizlar maktabiga raketa tuşişi natijasida 100 nafardan ortiq kişi halok bölgani, 95 kişi yaralanganini da’vo qilmoqda. Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli kuç tuzilmalari vakillari, jumladan mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda hamda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Muhammad Pakpur halok bölgani tasdiqlangan.