Jahon | 15:50 / 02.12.2016
3742
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Isroildagi elchisi 6 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z vazifasini bajarishga kirishadi

Turkiyaning Isroildagi elchisi Kamol Okem 12 dekabr kuni Isroil prezidenti Reuven Rivlinga ishonch yorliqlarini topshirib, o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. Ikki    mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar olti yillik tanaffusdan so‘ng yana tiklanmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi o‘z manbalariga asosan xabar bermoqda.

Isroilning Turkiyadagi elchisi Eytan Naye esa Anqaraga kuni kecha yetib kelgan.

Ma'lumot uchun, Isroil va Turkiya munosabatlarining yomonlashuvi 2010 yilda G‘azo sektori bo‘ylab blokadani yorib o‘tishga harakat qilgan kemalar karvoni isroillik        harbiylar tomonidan to‘xtatib qolingach yuz bergan. Natijada har ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib oldi. Elchilarni qaytarish haqidagi o‘zaro qaror esa yozda                isroil-turk munosabatlarini tiklash haqida imzolangan kelishuv punktlaridan birida belgilangan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid