O‘zbekiston | 18:10 / 15.02.2018
5328
2 daqiqa o‘qiladi

Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertiza qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

Foto: Fotolia

Prezidentning 13.02.2017 yildagi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertiza qilish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ–3527-son qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Rivojlantirish davlat dasturlari, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek quyidagicha amalga oshiriladigan boshqa loyihalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar (TIA) va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni (TIH) ekspertiza qilish va tasdiqlashning maxsus tartibi joriy etilmoqda:

• Prezident va Hukumat qarorlari doirasida;
• O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
• ustav fondidagi davlat ulushi 50%ni tashkil etadigan davlat korxonalari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning o‘z mablag‘lari hisobiga;
• ustav fondida 50% va undan ortiq ulush davlat ulushi 50% va undan ortiqni tashkil etgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hisobiga.

Xususan, tasdiqlangan TIA va TIHga ega bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtira boshlash taqiqlanadi. Ular Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasi asosida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentiga (28.07.2017 yildagi PQ–3161-son qarorga ilova) tegishli tuzatishlar kiritildi.

Loyihalar amalga oshirilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda esa Markazning ijobiy xulosasi bo‘lmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari va pudrat tashkilotlarining nomlarini ko‘rsatish taqiqlanadi.

Hujjat 14.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

Mavzuga oid