Xorazm viloyatida profilaktika inspektori jabrlanuvçiga tanişlari orqali iş tergoviga ta’sir körsatişni ming dollar evaziga taklif qilgan. IIV matbuot xizmati xabariga köra, figurant Xiva şahrida maxsus operatsiya paytida qölga olingan.
Ma’lum bölişiça, fuqaro profilaktika inspektoriga biznesdagi şerigi bilan mojarosi haqida şikoyat qilgan. Unga köra, şerigi qöşma kompaniya hujjatlaridagi imzolarni soxtalaştirib, daromadlarni özlaştirib kelgan. Körsatilgan summa evaziga inspektor arizaçi foydasiga ekspertiza taşkil etişni va’da qilgan.
Xorazm viloyati prokuraturasi xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik va pora beriş moddalari böyiça jinoyat işini qözğatdi. Inspektor qamoqqa olingan.
IIV korrupsiya yoki boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga guvoh bölgan fuqarolardan 1102 yoki (71) 234-31-74 raqamlariga murojaat qilişni söradi.

















