Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvada erkak turmush o‘rtog‘i va ikki farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
Rossiyadan qaytib kelgan 34 yoshli erkak mudhish qotillikda gumonlanib, qo‘lga olindi.
Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyati, Quva tumanida 29 noyabr kuni mudhish qotillik yuz berdi.
1991 yilda tug‘ilgan erkak turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan farzandini qasddan o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov Kun.uz’ga ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, erakak hodisadan 10 kun avval Rossiyadan qaytib kelgan. Qotillikning sabablari haqida ma’lumot berilmadi. Qurbon bo‘lgan ayol 31 yosh, qizi 5 yosh, o‘g‘li 1 yosh ekani ma’lum.
Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
15:27 / 10.03.2026
Onaning tushi orqali ochilgan Qo‘qondagi qotillik ishida hukm o‘qildi
15:41 / 23.02.2026