Samarqand viloyatida aka-uka örtasidagi janjal ölim bilan yakunlandi. Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotiga köra, hodisa joriy yilning 12 fevral kuni Narpay tumanida yuz bergan.

Ta’kidlanişiça, tumandagi Xöjakarzon mahallasidagi fermer xöjaligi hududida aka-ukalar örtasida ariqdan suv ötkaziş masalasida kelişmovçilik kelib çiqqan. Tortişuv janjalga aylanib, uka öziga tegişli «IJ-18» rusumli ov qurolidan akasiga qarata öq uzgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi dastlabki xulosasiga köra, marhumning tanasida boş va yuz qismi, böyin, yelka sohalarida öq otilişiga xos oğir jarohatlar aniqlangan. Xulosada ölim sababi taşqi qon ketişi ekani körsatilgan.

Holat yuzasidan Narpay tumani prokuraturasi tomonidan ukaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.