Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Foto: KUN.UZ
Dunyoda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya Coca-Cola’ning sof daromadi 2017 yil natijalariga ko‘ra 2016 yilga nisbatan 5,2 marta kamayib, 1,248 mlrd dollarni tashkil qilgan. Rasmiy natijalarga AQSh soliq islohoti ta'sir qilgan.
Kompaniyaning operatsion tushumi 15 foizga kamayib, 35,41 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, moliyaviy natijalarga 4-chorakda 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lovi amalga oshirilishi ta'sir qilgan. Bu to‘lov AQShda soliq siyosati qabul qilingani bilan bog‘langan.
Kompaniya 2018 yil natijalariga ko‘ra tushumning 4 foizga oshishini kutmoqda.
Kompaniya 1892 yilda tashkil etilgan, uning bosh qarorgohi AQShning Atlanta shahrida joylashgan. Kompaniyaning eng nomdor brendlari Coca-Cola, Fanta va Sprite hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 21.01.2026
FIFA™ Jahon chempionati kubogining asl nusxasi yaqinda Toshkentga keladi
14:31 / 24.12.2025
Daromadlar o‘rtasidagi tafovut: boylar boyishda, kambag‘allar qashshoqlashishda davom etyapti
17:51 / 08.12.2025
O‘zbekistonda kvartira sotib olish uchun necha yil pul jamg‘arish kerak?
22:49 / 24.11.2025