Özbekistonliklarga kvartira sotib olişga pul jamğariş uçun Qozoğiston aholisiga qaraganda ikki baravar köp vaqt kerak. Bu haqda sobiq sovet davlatlari böyiça raqamlarga ixtisoslaşgan Geostatistika portali ma’lumot berdi.

Qayd qilinişiça, özbekistonliklar örtaça 482 dollar maoş bilan 96,8 ming dollar qiymatli kvartira uçun 16 yil 9 oy pul jamğarişiga töğri keladi. Taqqoslanişiça, qozoğistonliklar kvartira uçun 7 yil 8 oy, qirğizistonliklar 13 yil 6 oy, tojikistonliklar 15 yil 9 oy pul jamğarişiga töğri keladi.

Geostatistika hisoblaş uslubi, jumladan, kvartira maydoni haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, muddatlardagi tafovut bir kvadrat metr narxi örtasidagi farq bilan ham, mamlakatlardagi örtaça iş haqi darajasi bilan ham izohlanadi.