Dunyo aholisining eng boy 10 foizi barça şaxsiy boylikning qariyb 75 foiziga egalik qilyapti. Bu haqda World Inequality Report 2026 hisobotida keltirib ötilgan.

Daromadlar taqsimotida ham vaziyat xuddi şunday: eng yuqori 50 foiz umumiy daromadning 90 foizdan ortiğiga egalik qiladi, qolgan 50 foiz kambağal insonlar hissasiga esa jami daromadning 10 foizidan kamroq qismigina töğri keladi.

«Dunyo böylab köplab odamlar uçun turmuş darajasi turğunlaşib borayotgan bir paytda, boylik va hokimiyat tobora tor doiradagi qatlam qölida jamlanyapti», deyiladi hisobotda. 

Boylik va daromadlar tengsizligi örtasidagi farq

Boylik va daromad darajasi har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Eng boy odamlar doimo eng köp daromad topuvçilar bölmaydi. Bu holat odamlarning qança pul topişi bilan nimalarga egalik qilişi örtasidagi tafovutni ham körsatadi.

2025 yilda dunyo aholisining eng boy 10 foizi 75 foiz, 40 foiz örta qatlam 23 foiz, eng kambağal 50 foiz esa atigi 2 foiz global boylikni nazorat qilyapti. 1990 yillardan buyon milliarderlar va yuz millionlab dollarga ega şaxslarning boyligi har yili örtaça 8 foizga oşib kelyapti. Bu körsatkiç dunyo aholisining eng kambağal yarmi boyligining ösiş sur’atidan deyarli ikki baravar yuqori.

Eng boy 0,001 foiz — ya’ni 60 mingdan kamroq multimillioner insoniyatning yarmiga nisbatan uç baravar köp boylikni nazorat qiladi. Ularning uluşi 1995 yildagi 4 foizdan 6 foizgaça oşgan. 

«Eng kambağal qatlam ham kiçik yutuqlarga erişgan bölsa-da, bu eng yuqori qatlamda boylik jamğarilişining oşib borayotgani fonida sezilmay qolmoqda. Natijada dunyo juda ozçilik katta moliyaviy qudratga ega bölgan, milliardlab odamlar esa iqtisodiy barqarorlik uçun kuraşayotgan manzarani aks ettiryapti», deyiladi hisobotda. 

Daromad körsatkiçlari soliqdan oldingi tuşumlar asosida, pensiya va işsizlik suğurtasi badallari inobatga olingan holda hisoblangan.

2025 yilda global daromadning 53 foizi eng boy 10 foiz odamlarga, 38 foizi esa 40 foiz örta qatlam hissasiga töğri kelgan. Aholining quyi böğindagi 50 foizi esa atigi 8 foiz global daromadga egalik qilgan.