Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada qor yog‘ib, kuchli shamol esmoqda
Shaharda daraxtlar yiqilgan, Vnukovoda reyslarning bir qismi bekor qilingan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
27 aprel kuni Moskva shahri va Moskva oblastida qor yog‘di. Qor, yaxmalak va kuchli shamol tufayli shaharda «xavfning to‘qsariq rangli darajasi» e’lon qilingan.
Gidrometeorologiya markazi aniqlik kiritishicha, Moskva shahri va Moskva oblastida yog‘ingarchilik hamda tezligi soniyasiga 18-23 metrga yetayotgan kuchli shamol kun oxirigacha to‘xtamaydi. «Fobos» ob-havo markazi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsning aytishicha, Moskvada oylik normaning yarmi tushgan.
Moskvaning ayrim rayonlarida shamol va qor tufayli daraxtlar yiqilgan. Metroning Arbat-Pokrovsk liniyasida daraxt temiryo‘lga qulashi oqibatida «Partizanskaya» va «Shchelkovskaya» bekatlari oralig‘idagi uchastkada poyezdlar harakati to‘xtab qolgan.

«Baza» telegram-kanaliga ko‘ra, tunda 50 dan ortiq samolyot qor yog‘ishi tufayli Vnukovo aeroportidan o‘z vaqtida uchib ketolmagan. Keyinroq aeroport matbuot xizmati «noqulay ob-havo sharoiti tufayli» reyslarning bir qismi qoldirilgani haqida xabar berdi.

Moskva oblastidagi Dubna va Domodedovo shaharlarida qor yog‘ishi va daraxtlar qulashi tufayli elektr ta’minoti qisman uzilgan. Bundan tashqari, Paveletskiy va Savelovskiy yo‘nalishlarida Moskva tomon poyezdlar harakati to‘xtatilgan.