Juma kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
11–12 aprel kunlari Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi.
Harorat keçalari +8…+13, kunduz kunlari +20…+25 daraja böladi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida şahrida 10–12 aprel kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi. Harorat keçalari +11…+13, kunduz kunlari +23…+25 daraja böladi.












