Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» kompaniyasining Farg‘ona filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida barcha sohalarda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda aholi tomonidan sug‘urtaga bo‘lgan qiziqish va talabning ortayotgani nafaqat shaharlar aholisiga, balki respublikaning chekka hududlarida ham zamonaviy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish zaruratini yuzaga keltirmoqda, bunda albatta hududiy tarmoqlar muhim rol o‘ynaydi.
«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan hududlarda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish maqsadida bir qator shahar va tumanlarda yangi sug‘urta bo‘limlari va savdo shoxobchalari ochilmoqda. Jumladan, joriy 2018 yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 12 ta yangi sug‘urta bo‘limlari ochildi.
Ushbu amaliy ishlarning navbatdagisi sifatida joriy yilning 14 noyabr kuni «O‘zbekinvest» kompaniyasi Farg‘ona viloyati filialining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbir davomida filialning yangi binosida mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar, sug‘urta himoyasining afzalliklari namoyish etildi. Zamonaviy sug‘urta xizmatlarini taqdim etishga tayyor yangi bino o‘zining qulay joylashuvi sababli yuridik va jismoniy shaxslar uchun yanada qulayliklar yaratishi aniq.
Yangi filial quyidagi manzilda joylashgan: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Qomus ko‘chasi.
Telefon: +99873244-00-08, +99873244-00-09
Sayt: www.uzbekinvest.uz
Facebook ijtimoy tarmog‘ida bizga a'zo bo‘ling va «O‘zbekinvest» yangiliklarini kuzatib boring:
https://www.facebook.com/Uzbekinvest
Mavzuga oid
13:54 / 16.01.2026
Farg‘onada 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlandi
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:14 / 09.01.2026
Farg‘onada chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
08:39 / 06.01.2026