Kun.uz Buvaydadagi 37-maktabda rasman işlanmaydigan kunlarda ham 24 soatlik uzluksiz navbatçilikka jalb etilgan pedagoglar, bunga buyruq berib, şuning ortidan işdan böşagan maktab direktori masalasini batafsil suriştirişga urindi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati tahririyatning bu boradagi savollarini befarq qoldirdi.

Ammo Farğona viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasidagi manbalarga köra, işdan olingani aytilgan Hasanboy Nişonov 37-maktabda ança yillardan beri direktor örinbosari sifatida işlab kelgan. 2024 yil oxiriga kelib unga direktorlik v.v.b. (vazifasini vaqtinça boşqaruvçisi) lavozimi yuklatilgan.

Öşa yilda uning örniga vaqtinça örinbosar sifatida Sevara Hamdamova tayinlangani, navbatçilik bilan boğliq voqealar rezonansi ortidan Nişonov işdan olinib, Hamdamova direktor bölgani ma’lum qilindi. Hasanboy Nişonov esa hozirda özining asosiy vazifasi – direktor örinbosarligiga qaytarilgan.

“Mahalliy hokimiyat va vazirlikdan çiqişgan, “kimgadir çora körmasang bölmaydi”, deyişganidan keyin, şuni körsatiş uçun aslida işdan haydalmagan bölsa ham yuklatilgan işidan ozod qilinganini işdan olindi deb umumiy berişgan”, – deydi manba.

Biroq, Nişonov Gazeta.uz bilan suhbatda işga hanuz tiklanmagani haqida gapirib bergan. Uning ta’kidlaşiça, 6 yanvar kuni vaqtinça mehnatga layoqatsizlik ta’tiliga çiqqanida u işdan böşatilgan. Bundan özi bexabar bölgan.

“15 yanvar kuni kasallik ta’tili tugaydi, keyin işga qaytmoqçi edim. Ammo “bolniçnyy”ga çiqqan kunim işdan böşatildim. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topdim. Men bilan heç kim suhbatlaşib, ogohlantirmadi, ariza va tuşuntiriş xati ham yozdirib olmadi. Eng alam qiladigani şuki, men heç qanday ayb iş qilmay turib, tepaning topşiriğini bajarib, özim bexabar işdan olindim. Internetda işga tiklanganim haqida xabarlar tarqalyapti. Ammo işga tiklanganim yöq, bu haqda menga biror taşkilotdan rasmiy javob aytilmadi. Işdan böşatilganim töğrisidagi buyruqni keça, 8 yanvar kuni qölimga oldim. Hatto örnimga ayol kişi vaqtinça vazifa bajaruvçi etib tayinlanibdi”