Hokimlarga 1 sentyabrgacha yangi bog‘cha va maktablar qurish bo‘yicha topshiriq berildi
Viloyatlar hokimlari joriy yil 1 sentyabrga qadar budjet hisobidan 22ta bog‘cha va 31ta yangi maktab qurilishini ta'minlaydi. Bu haqda prezident 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda aytib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy masalalarga alohida to‘xtalgan.
«Bir oy muddatda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish, uning maqomi, faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari, moliyalashtirish manbalari, jamoatchilik ishtirokini nazarda tutuvchi qonun loyihasini parlamentga kiritishi zarur.
Ushbu fondga budjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi.
Shu bilan birga bosh vazir o‘rinbosarlari Musayev va Umurzoqov fondning moliyaviy manbayini kengaytirish uchun, joriy yil 1 iyuniga qadar xalqaro moliya tashkilotlari grantlarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, amaliy natija ko‘rsatishi kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Viloyat hokimlari Qo‘chqorov, Musayev, Shermatov bilan birga joriy yil 1 sentyabrga qadar mehribonlik uylarining muhtoj bo‘lgan bitiruvchilarini uy-joy bilan ta'minlashlari lozim bo‘ladi:
- Kamalov – 33ta, Abdurahmonov – 30ta, Zaripov – 26ta, Soliyev – 17ta, Z.Mirzayev – 16ta, Tursunov – 91ta, Abdurazzoqov – 44ta, Turdimov – 59ta, Bobolov – 13ta, G‘.Mirzayev – 39ta, D.Hidoyatov – 100ta, Bozorov – 26ta, Ermanov – 50ta, Ortiqxo‘jayev – 173ta.
Shuningdek, viloyatlar hokimlari joriy yil 1 sentyabrga qadar budjet hisobidan 22ta bog‘cha va 31ta yangi maktab qurilishini ta'minlaydi.
Buning uchun bosh vazir o‘rinbosari Ramatov va Qurilish vaziri Zokirov viloyat hokimlari bilan birga joriy yil 10 martga qadar har bir loyihaning «manzilli ro‘yxati»ni tasdiqlab, qurilishni shaxsan nazoratga olishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Musayev va Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin, viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 40ta nodavlat va 2 mingdan ziyod uy bog‘chalarini tashkil etishga ham mas'ul bo‘ladi:
- Kamalov – 140ta, Abdurahmonov – 120ta, Zaripov – 200ta, Soliyev – 100ta, Z.Mirzayev – 150ta, Tursunov – 110ta, Abdurazzoqov – 200ta, Turdimov – 150ta, Bobolov – 120ta, G‘.Mirzayev – 100ta, D.Hidoyatov – 130ta, Bozorov – 318ta, Ermonov – 155ta, Ortiqxo‘jayev – 7ta.
Musayev va xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda har bir tumanda bittadan fizika faniga ixtisoslashgan maktablar tashkil etishi belgilangan.
- Toshkent viloyatida – 20ta, Farg‘onada – 17ta, Qoraqalpog‘istonda – 15ta, Andijon va Samarqandda – 14tadan, Qashqadaryo va Surxondaryoda – 13tadan, Buxoro, Jizzax va Xorazmda – 11tadan, Namanganda – 10ta, Toshkent shahri va Sirdaryoda – 9tadan, Navoiyda – 8ta maktabda fizika fanini chuqur o‘rgatish yo‘lga qo‘yilishi topshiriq qilingan.
Shuningdek, joriy yil 1 iyundan boshlab pensiya tayinlashda 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash tartibi joriy etilmoqda.
Buning natijasida, yil yakuniga qadar 100 ming nafar, kelgusi yilda yana 200 ming nafar fuqarolar ortiqcha sarson bo‘lmay pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Qo‘chqorov va moliya vaziri Ishmetov bir hafta muddatda «Davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish kiritish bo‘yicha loyihani Oliy Majlisga kiritishi bo‘yicha topshiriq berildi.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
15:42 / 28.10.2024