Özbekistonda maktab öquvçilari uçun çorakning sönggi kuni 2 noyabrga töğri kelib, 4 noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni hisoblanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi.
«Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslaştirilgan maktablar öquvçilari uçun joriy öquv yilining kuzgi ta’tili 4 noyabrdan boşlanib, 10 noyabrgaça davom etadi», deyiladi xabarda.
II çorak dars maşğulotlari 2024 yil 11 noyabrdan boşlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, öquvçilar uçun ta’til kunlari quyidagiça belgilangan:
- kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boşlab 6 kalendar kun;
- qişki ta’til – 28 dekabrdan boşlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til – 21 martdan boşlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til – oxirgi bosqiçli nazorat sinovi ötkazilgan kundan (bosqiçli nazorat ötkazilmaydigan sinflar uçun öquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boşlab 1 sentabrgaça.
1-sinf öquvçilari uçun esa fevral oyi davomida qöşimça bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uçun: ta’tilning oxirgi kuni bayram (işlanmaydigan) kunga töğri kelib qolgan taqdirda, dars maşğulotlari keyingi iş kunidan boşlab davom ettiriladi.
Bayram (işlanmaydigan) kunlariga töğri kelib qolgan dars maşğulotlarining mavzulari öquv dasturlarini ixçamlaştirgan holda keyingi dars maşğulotlarida ötkaziladi.












