Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Super-kontrakt to‘liq bekor qilinishi haqida tarqalgan xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘zbekistonda super-kontrakt to‘liq bekor qilindi” degan xabar asossiz. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat berdi.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentabrdagi 578-son qaroriga ko‘ra, 2017 yil 20 iyunda qabul qilingan 393-son qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.
Shu bilan, abituriyentlarga yuqori miqdordagi super-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoni berilgan tartib bekor qilindi.
Avval kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining (o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining) 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilar edi.
Endilikda to‘lov-kontrakt miqdori quyidagicha belgilanadi:
🔵 1,05 ballga yetmaganlar uchun — bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 barobari;
🔵 1,06–2,05 ballga yetmaganlar uchun — 2,0 barobari;
🔵 2,06–3,05 ballga yetmaganlar uchun — 2,5 barobari;
🔵 3,06–4,05 ballga yetmaganlar uchun — 3,0 barobari.
Qabul chegarasidan 4,05 balldan ortiq yetishmaganlar uchun esa miqdor OTM rahbarlari tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning kamida 3 barobari miqdorida belgilanadi.